Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Oltin so‘nggi besh haftalik eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bunga Yevropadagi urush va dunyodagi inflyatsiyaning ko‘tarilishi sabab bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Oltin ikkinchi haftalik daromad cheklanganidan keyin 0,8 foizgacha ko‘tarildi. Ayni damda oltin narxi bir unsiya uchun 1993,33 dollarni tashkil qilmoqda.

Yevropa Ittifoqining Rossiya gaziga embargo qo‘yish ehtimoli va Yevropaning navbatdagi sanksiyalar paketida neftga ba’zi cheklovlar qo‘yish tahdidi oltinga bo‘lgan talabni kuchaytirdi. Oltin inflyatsiyaning tezlashishiga qarshi himoya vositasi hisoblanadi. Shu sababdan ham uning narxi ko‘tarilmoqda.

Tahlilchilar oltinning o‘sishiga asosiy sabab sifatida oshib borayotgan inflyatsiya va geosiyosiy xavflarni ko‘rsatmoqda.

Avvalroq fevral oyida O‘zbekiston jahondagi eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi