So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Sport

    Hakamlar uyiga ketib qolgan, muxlislar esa tribunada mudragan 7 soatlik dahshat. Boks tarixidagi eng uzoq davom etgan jang haqida

    04.04.2022, 23:48 81723

    Vaqti-vaqti bilan boks sport sifatida turli xil darajadagi tanqidlarga uchrab keladi: sportchilarning jarohat olishi juda oson va janglar tomoshabop emas, ayniqsa gap havaskorlar o‘rtasidagi musobaqalar haqida ketsa. Muxlislar zamonaviy bokschilarning (professionallarning ham) zerikarli va pragmatik uslubidan to‘yib bo‘lgan.

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Ushbu tanqidlar fonida ikki amerikalik bokschining yaqin o‘tmishdagi fantastik jangi chinakamiga afsonaga teng voqeadir. Mazkur voqea 1893-yilning 6-aprelida Luiziana shtatida sodir bo‘lgan, ringda Jek Berk va Endi Bouen to‘qnash keladi. Yengil vazn toifasidagi jangga janub chempionligi unvoni va 2,5 ming dollar mukofoti qo‘yilgandi. Jang mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da boshlanadi, bu fakt jangchilarning qanchalik g‘ayrioddiy bo‘lganini tushunish uchun ham juda muhimdir. Anglab ulgurganingizdek, quyida jahon boksi tarixidagi eng uzoq davom etgan jang haqida hikoya qilinadi.

    Ushbu rekordga sabab bo‘lgan duelning nima sababdan tashkillashtirilganini tushunish uchun jangning qaysi qoidalarga muvofiq o‘tkazilgani haqida gapirish lozim. Boks u paytlarda umume’tirof etilgan sport turi emas edi, reglament va qoidalarni tasdiqlaydigan federatsiyalar ham, odamlar ham bo‘lmagan. To‘g‘ri, qoidalar mavjud edi, ammo yumshoq qilib aytganda, ular insoniy o‘lchovlarga u qadar to‘g‘ri kelavermagan.

    Birinchi qongacha, uchta nokdaungacha, vaqt tugaguncha va nokautgacha. Yo‘q, u kezlar bunday narsalar haqida hech kim hech narsa eshitmagandi. Oq rangli sochiqni ringga tashlash degan narsani esa gapirmagan ma’qul. Bokschilar butun vujudi bilan jang qilar va ulardan biri oyoqda turolmay qolguncha, bir-birini kaltaklayverardi. Ammo yuqoridagi ikki gladiator shunchalik chidamli chiqadi deb kim ham o‘ylabdi. Agar ular og‘ir vaznli jangchilar bo‘lganida-ku, rekordlar haqida hech qanday gap bo‘lmasdi. Lekin ikki yengil vazn toifasi vakili jang qilgach, bu tom ma’noda marafonga aylanib qolgandi.

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Endi Bouen 1887-yilda, 20 yoshida ringga chiqishni boshlagan. Yangi Orleandagi janggacha u 12 g‘alaba va 2 durangga erishgan. 1890-yilning sentabr oyida Endi Yangi Orleanning Olimpiya klubida chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan. Uning Berk bilan jangi ham o‘sha yerda bo‘lib o‘tadi. Jekning o‘sha oqshom jang qilishi kerak bo‘lmaganini ham alohida ta’kidlab o‘tib ketish kerak. U qisqa muddat ichida bu jangga tayyorlanadi.

    Bokschilar vakant qolgan chempionlik kamari uchun kurash olib boradi. Bouen jangning yaqqol favoriti sifatida qayd etiladi. U raqibidan 2 yoshga katta bo‘lib, jangchi sifatida ulkan tajribaga ega edi. Biroq guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Berk dastlabki 25 raundni (!) o‘z foydasiga hal qilgan.

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Ammo “temir Bouen” qat’iyatli yigit maqomini tasdiqlaydi. U 25-raund yakunida raqibini ringga qulatishga muvaffaq bo‘ladi. Va ushbu hikoya shu tarzda tugashi ham mumkin edi, ammo gong yangrab qoladi. Endi dastlabki soatda (yaxshilab tasavvur qilib ko‘rish tavsiya etiladi, naq bir soat) raqib hujumidan omon qolishga muvaffaq bo‘ladi va raqibiga shiddatli duel taqdim etadi. Va u roppa-rosa 7 soat-u 19 daqiqa davom etadi. Sportchilar har biri 3 daqiqadan ringda 110 raund o‘tkazadi. Bu voqea guvohlarining aytishicha, tribunaga yig‘ilgan muxlislarning yarmi 80-raunddayoq xurrak otishni boshlab yuborgan.

    Vaziyat naqadar bema’ni tus olganini tushunish uchun jangda ishlagan to‘rt hakamdan uch nafari uyiga — uxlashga ketib yuborganini aytish kifoya qiladi. Tongi 4:21 da (jang 21:00 da boshlangandi) hakamlar brigadasining eng mas’uliyatli va qat’iyatli vakili Jon Daffi durang natijani qayd etadi. 111-raund boshlanganini bildiruvchi gong ovozi yangraganda, jangchilar o‘z burchaklaridan tura olmaydigan darajaga kelib qolgandi. Shu tariqa hakam g‘alabani ularga bo‘lib beradi.

    Har ikkala bokschi charchoq va og‘riqlardan tamomila holdan toygandi. Buning oqibatlari ular uchun achinarli bo‘lib chiqadi. Berkka ikkala qo‘lida bir qancha suyak sinishi tashxisi qo‘yiladi va keyingi 6 haftani shifoxona yotog‘ida o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Bokschining faoliyatini davom ettirish haqida esa hech qanday gap bo‘lishi mumkin emasdi. Texas laqabli Jek 44 yoshgacha yashab, 1913-yilda o‘z ajali bilan vafot etadi.

    Tarixiy va afsonaviy raqibi bilan solishtirganda, Bouenga kamroq omad kulib boqadi. U paytlarda puxta tibbiy ko‘riklar degan narsa yo‘q edi. Miya chayqalishi esa davolab ham o‘tirilmasdi. Endi keyingi jangini Kid Lavinga qarshi o‘tkazadi va bu u uchun halokat bilan yakunlanadi. Boshidan o‘tkazib yuborilgan navbatdagi zarbadan so‘ng u hushini yo‘qotadi va shifoxonada hayotdan ko‘z yumadi.

    Mavzuga doir:

    • Boks tarixidagi eng shafqatsiz jang. Adi Volgast va Bettling Nelson o‘rtasida 40 raundga cho‘zilgan dahshat
    • “Boks sport sifatida tugagan kun”. Muhammad Alining eng bahsli g‘alabasi haqida

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda sakkiz oyda savdo sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    Bugun, 11:20

    “Rozmetov”dan Yegerskiye sosiskalari — barchaga tanish bo‘lgan ta’m va an’analar!

    Bugun, 10:30
    Reklama

    O‘qituvchi va murabbiylar kunida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    Bugun, 11:00

    AQSHda 27 yil avval reper Tupak Shakurni o‘ldirganlikda gumonlangan shaxs hibsga olindi

    Bugun, 10:25

    Sergelidagi favqulodda hodisadan foydalanib, aholidan pul undirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    Bugun, 10:08

    Armaniston Ozarbayjon ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo arizasini berdi

    Bugun, 09:53

    Toshkent xalqaro kinofestivalining dabdabali qizil yo‘lagidan reportaj (foto, video)

    Bugun, 09:22

    O‘zbekistonda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini tekshirishga oid nizom tasdiqlandi

    Bugun, 08:55

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor tayinlandi

    Bugun, 08:27

    Navoiy viloyatidagi sport majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    Bugun, 08:02

    La Liga. Serxio Ramosning avtogoli “Barselona”ga g‘alaba keltirdi (video)

    Bugun, 02:09

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    Qirg‘izistonda davlat bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi (foto)

    13:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.