“Yuventus” A Seriyaning 31-turida o‘z maydonida “Inter”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Massimiliano Allegri shogirdlari 14-turdan buyon ilk bor mag‘lub bo‘ldi. 2021-yil 27-noyabrida “Atalanta” “Alyans Stedium”da “Yuventus” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Shundan buyon Turin jamoasi A Seriyada 16 ta o‘yin o‘tkazib, 11 marta g‘alaba qozongan va 5 marta durang o‘ynagan.
“Yuventus” Italiya chempionatining ortda qolgan 31-turidan so‘ng 59 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!