Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 31-turida “Inter” 3-aprel, yakshanba kuni “Yuventus” maydonida mehmon bo‘ldi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida turinliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni Xoqon Chalxono‘g‘lu muvaffaqiyatli ijro etdi. Mazkur gol o‘yin taqdirini hal qildi.
“Inter” ochkolarini 63 taga yetkazib olgan holda 3-o‘rinni mustahkamladi. “Yuventus” 59 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.
Keyingi turda “Inter” o‘zida “Verona”ni qabul qilsa, “Yuventus” “Kalyari” mehmoni bo‘ladi.
A Seriya
31-tur bahsi
3-aprel, yakshanba
“Yuventus” — “Inter” 0:1
Gol: 0:1 – 45+5, penalti Chalxono‘g‘lu.“Yuventus”: Shchensni, Danilo, Kyellini, de Ligt, Aleks Sandro (De Shilyo, 73), Kuadrado (Bernardeski, 85), Rabyo (Artur, 85), Lokatelli (Zakariya, 34), Morata (Kin, 73), Dibala, Vlahovich.
“Inter”: Handanovich, Dumfris (Darmian, 59), D`Ambrozio, Shkrinyar, Bastoni, Perishich, Brozovich (Galyardini, 78), Chalxono‘g‘lu (Vidal, 78), Barella, Jeko, Martines (Korrea, 59).
Ogohlantirishlar: Martines (2), Rabyo (15), Lokatelli (27), Shkrinyar (45), Kuadrado (45), Morata (45), Perishich (75), Chalxono‘g‘lu (76).