Ralf Rangnik Lui van Galning “Manchester Yunayted” borasidagi tanqidlariga javob qaytardi.
“Istalgan boy inson yoki kompaniya klubni sotib olsa, bu tadbirkorlik bo‘lishi oddiy hol. Bunda yomon narsa ko‘rmayapman.
Lui tajribali murabbiy, uning o‘zi ushbu jamoa bilan shartnoma imzolagan. Agar u shunday fikrda ekan, bitim tuzishdan avvalroq bu haqida o‘ylashi kerak edi”, — deydi Rangnik.
Avvalroq Niderlandiya terma jamoasi ustozi “Manchester Yunayted”ni tijoriy klub deb atab, “Ayaks” murabbiyi Erik ten Hagga u yerga o‘tmaslikni maslahat bergan edi.
Van Gal 2014-yildan 2016-yilgacha mankunianliklar bosh murabbiyi bo‘lgan. Niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida “qizil iblislar” Angliya Kubogida zafar quchgan. APLda esa mavsumni to‘rtinchi va beshinchi o‘rinda yakunlagan.
“Manchester Yunayted” 2021/22-yilgi mavsum APLda 50 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)