Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Polsha 40 dan ortiq rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi. Bu haqda  manbalarga tayanib, Onet portali yozmoqda.

Foto: Yandex

Foto: Yandex

Diplomatlar “Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyatlari” tufayli chiqarib yuboriladi. Polsha razvedka xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, ular josuslik bilan shug‘ullangan.

Polsha ichki xavfsizlik agentligining rasmiy vakili agentlik mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga 45 kishini chiqarib yuborish talabi bilan murojaat qilganini tasdiqlagan.

Rossiya elchisi Sergey Andreyev Polsha tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Polshadagi diplomatik vakolatxonasida jami 50 dan ortiq diplomat ishlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi