Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilning fevral oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan bir oy ichida O‘zbekistonda jami 25 876 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Fevral oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni:

  • Lacetti-Gentra — 8 124 dona;
  • Cobalt — 7 394 dona;
  • Damas — 5 631 dona;
  • Nexia T-250 — 2 189 dona;
  • Spark — 567 dona;
  • Maxsus yengil avtomobillar — 1 971 dona.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 2022-yil 3-martdan boshlab ommabop modellarning shartnomalari yangilanishi — Chevrolet Lacetti (Gentra), Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uchun shartnomalar qayta tiklanishi haqida “Daryo”ga rasman ma’lum qilgandi. Yangi avtomobillar uchun shartnoma tuzish boshlangani e’lon qilingandan so‘ng bir necha soat ichida 13 203 ta avtomobilga shartnoma tuzilgan. Kompaniya xaridorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizga tushirgan. O‘zbekistonda 1-martdan boshlab LADA avtomobillari narxi 3 foizdan 10 foizga oshgan.

Shuningdek, Chevrolet Traverse va Tahoe avtomobillarini xarid qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanganidan so‘ng, dastlabki 20 daqiqada kompaniyaga 200 dan ortiq buyurtma kelib tushgan. Ushbu avtomobillarga ariza qabul qilishning ilk kuni natijalariga ko‘ra, 320 dan ortiq buyurtma olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi