• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezident muloqot davomida muammolarni bizga nisbatan yaxshiroq bilishi aniq ko‘rindi” — Behzod Musayev va Nurmat Otabekov davlat rahbarining tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvi haqida

    Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Prezident ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan muammolarning yechimlari va bugungi takliflar bo‘yicha qisqa muddatda qarorlar qabul qilinishini ta’kidladi.

    Muloqot davomida sog‘liqni saqlash tizimida islohotlar davom ettirilishi qayd etildi. Davlat rahbari hozirda sohada transformatsiya jarayoni ketayotganini aytdi.

     Xususan, O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab chet eldan olib kiriladigan tibbiy jihozlar QQS va bojxona bojidan ozod qilinishi va tez tibbiy yordam tizimidagi barcha Damas’lar 2025-yilgacha zamonaviy avtomobillarga almashtirilishi ta’kidlandi.
    Bundan tashqari, O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining oylik maoshi kamida 10 foizga oshirilishi, tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat berilishi ma’lum qilindi.

    “Daryo” muxbiri ushbu tadbirdan so‘ng sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bilan suhbatlashdi.

    Tabiiyki, davlat rahbarining o‘zlari qars ikki qo‘ldan chiqadi, deb aytganlaridek, tibbiyot xodimlarining oldida ham juda katta mas’uliyatli vazifalar qo‘yildi. Lekin eshitilgan so‘zlar, rag‘batlantirilgan gaplardan so‘ng bizning tizim xodimlari prezident tomonidan qo‘yilgan vazifalarni, albatta, amalga oshirishadi. Shu bilan bir qatorda, mazkur muloqotda tibbiyot tizimining barcha bo‘g‘inidagi vakillar qatnashishdi. Xususan, oddiy hamshiradan tortib, o‘rta tibbiyot xodimi, shifokor, bosh shifokor, bundan tashqari, xususiy tibbiyot markazlari xodimlarigacha ishtirok etishdi. Xususiy tibbiyot markazlari uchun dunyoda yo‘q bo‘lgan narsa — o‘zlarini rivojlantirish uchun tibbiy texnika olib kelinganda bojxona to‘lovlaridan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Muloqotdan so‘ng ko‘p xususiy klinikalar rahbarlarini ko‘rib gaplashsam, ular ko‘tarinki ruhda bu yerdan chiqib ketishyapti. Ayrim hududlar vakillari gapirishga ham ulgurmadi, ularning armonda qolib ketganlarini o‘zim his qilib turibman. O‘ylaymanki, har bir masalani “yo‘l xaritasi”ga, bo‘lajak qaror va farmonlarga kiritib boramiz.

    Prezident shifokorlardan halollikdan tashqari majburiyat talab qildilar. Aholini sog‘lom turmush tarziga targ‘ibot qilish, uning ko‘rsatkichlarini belgilash va yaxshi natijaga erishgan shifokorga “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishonini chiqarishni topshirdilar. Sog‘lom turmush tarziga amal qilgan inson kelajakda tibbiyot muassasasiga murojaat qilishga ehtiyoji ham bo‘lmaydi.

    Ushbu muloqotning asosiy maqsadi — inson qadri uchun tibbiyot xizmat qilishidan iborat. Muloqot insonlarning, bemorlarning roziligiga erishish, shuningdek, sifatli tibbiyot xizmati respublikaning har bir qatlamiga yetib borishdan iborat bo‘ldi.

    Behzod Musayev, sog‘liqni saqlash vaziri

    Nurmat Otabekov esa mazkur muloqot O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba bo‘lganini qayt etib o‘tdi.
    Biz endilikda tibbiyot xodimlarining ko‘kragiga shamol teggandek his qilyapmiz. Boisi tibbiyot xodimlarining dardini eshitishni hamma prezidentlar ham o‘z zimmasiga olmagan. Prezidentning ma’ruzalariga e’tibor qaratsak, tibbiyotning barcha sohalarini qamrab olgan. Barcha sohalar juda chuqur tahlil qilib berildi. Davlat rahbarining ma’ruzasida nafaqat erishilgan yutuqlar, balki hali oldimizda turgan vazifalar, eng asosiy mezon bo‘lib hisoblanadigan — xalqimizni rozi qilishdek vazifa oldimizda turganini alohida aytib o‘tdi. Eng qizig‘i, tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilish barobarida, men yana bir jihatdan quvonib ketdimki, prezidentimiz tibbiyotni mukammal bilganlari, qolaversa, tibbiyot xodimlari berolmagan savolning barcha jihatlarini ochib berganlari, muloqot davomida muammolarni bizga nisbatan yaxshiroq bilishlari aniq ko‘rindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, 52 foiz salomatlik indeksi sog‘lom turmush tarziga bog‘liq ekan. Demak, biz tibbiyotning yelkasidagi yukni 50 foizga qisqartirishimiz, davlatning zimmasidagi yukni qisqartirish imkoniyatga egamiz. O‘ylaymanki, tayyorlanadigan dasturlarda tibbiyotning profilaktik yo‘nalishiga, bizning turmush tarzimizga bog‘liq jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi.

    Eng og‘ir vazifa bu — kimnidir rozi qilish. Ayniqsa, yillar davomida norozichilik kayfiyati shakllanib qolgan bo‘lsa uni yengib o‘tib, rozilik tarafga tarozi pallasini bosish hamisha qiyin bo‘lgan.

    Nurmat Otabekov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari

    Mavzuga doir:

    • “Shifokorning farzandi ekanligimdan g‘ururlanaman” — Shavkat Mirziyoyev
    • O‘zbekistonda “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi 
    • “Bu bizga mutlaqo yarashmaydigan holat”. Shavkat Mirziyoyev shifokorga qo‘l ko‘tarish holatlari haqida gapirdi 
    • Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti — suratlarda

    19.03.2022, 11:59   Izoh (0)   19747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi (video)

    19.03.2022, 11:41

    Namanganda “Zakovat” tanlovi g‘oliblari va’da qilingan sovg‘alar berilmagani uchun norozilik bildirdi (video)

    19.03.2022, 11:22

    Samarqandda IIB xodimlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan 16 nafar sportchi qamoqqa olindi

    19.03.2022, 11:02

    O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayonlari yakunlandi

    19.03.2022, 10:15

    Rossiya va Ukraina muammolarini tinchlik yo‘li bilan hal qilishi tarafdorimiz — Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi

    19.03.2022, 09:40

    Jizzaxda Gentra haydovchisi raqamini o‘zgartirib boshqarib yurgani aniqlandi

    19.03.2022, 09:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chelsi” 100 mln yevroga xarid qilgan futbolchisini sudga berishi mumkin

    Sport | 20 iyun, 14:15

    Meksikadagi “Erik” to‘foni mamlakatda yilning eng kuchli bo‘roniga aylandi

    Dunyo | 20 iyun, 14:14

    Diyetolog yurak uchun foydali top-7 yozgi meva va sabzavotlarni sanab o‘tdi

    Layfstayl | 20 iyun, 14:06

    Ilon Mask Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragani aytilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 13:54

    Ijtimoiy tarmoqlar bolalarda depressiyani keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

    Layfstayl | 20 iyun, 13:49

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim

    Reklama | 20 iyun, 12:00

    Qashqadaryoda chorvadorga mol sonini ko‘paytirish uchun arzon resurslar ajratiladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.