• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Suddan norozimiz”. Marhum Kamoliddin Rasulovning opasi ukasining qotili yetarlicha jazolanmaganini aytmoqda

    Sambo bo‘yicha jahon chempioni 29 yoshli Kamoliddin Rasulovni o‘ldirgan sportchi Shuhrat To‘raboyev Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi hukmiga ko‘ra 15 yilga qamaldi. Marhumning opasi Maftuna Rasulova ukasini o‘ldirgan sportchi yetarli darajada jazolanmayotganini aytmoqda.

    Maftuna Rasulova. (o‘rtada)

    Maftuna Rasulova. (o‘rtada)
    Foto: “Daryo”

    “Ukam Kamoliddin Rasulov 2021-yilning 13-sentabr kuni Uchtepa tumanida vahshiy qotil — Shuhrat To‘raboyev tomonidan xotinining ko‘z o‘ngida o‘ldirildi. Kamoliddin sport bilan shug‘ullanishi barobarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida ham faoliyat yuritardi. Ko‘p marotaba O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida yuqori ko‘tarib, Vatani sha’nini munosib himoya qilib kelayotgandi. Ukam uyushgan guruh tomonidan o‘ldirildi. Buni biz o‘sha kuni voqea yozib olingan kuzatuv kameralaridan, guvohlar gapidan bildik. Sud esa bir nafar jinoyatchiga 15 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlab, jinoyatchilarning yetarlicha jazolanmasligiga sabab bo‘lmoqda”, — deydi marhum sportchining opasi Maftuna Rasulova.

    Marhumning opasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi adolatli hukm o‘qib, begunoh insonni o‘ldirgan kishi qanday jazolanishini ko‘rsatib qo‘yishi kerak ekanligini, biroq sud qotillikka adolatli baho bermaganini aytmoqda.

    “Biz sud tergovidan norozimiz. Sababi kuzatuv kameralarida pichoqlangan ukamni quvlaganlar ikki kishi ekani, qotilning yonida yugurayotgan shaxs akasiman deya o‘zini tanishtirgan Y.T. emas, aslida qotilning sherigi ekani aytilyapti. Va videodagi kishi va sudda guvohlik bergan akani solishtirib ko‘rganimizda, ular umuman boshqa-boshqa odamlar ekani ko‘rinyapti. Ammo sud bunga e’tibor qaratmadi. Nusratillo ismli guvohni ham sud tergoviga olib kelmadi. Ular guvohni chaqirdik, ammo kelmadi, kelmasa nima har derdik, deya cheklanyapti. Nega sud guvohni sud zaliga chaqirib ololmayapti. Shumi davlatimizning qonuni? Shumi sudning adolati?”, — deya e’tiroz bildirmoqda marhumning opasi.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” sud tergoviga kelmagan Nusratillo ismli guvohning prokuratura tergovida aytgan ko‘rsatmalari bilan tanishdi.

    “2021-yilning 13-sentabr kuni kechki payt taxminan soat 21:00 da onam bilan telefon orqali gaplashib turgandim. Mendan 50-100 metr uzoqlikda ikki kishi o‘zaro suhbatlashib, tortishib qoldi. Shunda sport kiyimidagi bo‘yi uzun yigit oshxona pichog‘i bilan sherigini jarohatladi. Pichoqdan jarohatlangan yigit esa biroz qochib, sal nariroqqa ketdi. Pichoq ko‘targan yigit esa uning ortidan yetib olib, yelkasidan ushlab, uning qorin sohasiga yana ikki marta pichoq urdi. Pichoqdan jarohatlangan yigit baqirib, hammadan yordam so‘radi. Shu payt men ularning oldiga yugurib bordim. Shunda pichoq ko‘targan yigit aralashmasligimni aytib, ket yo‘qol, deya baqirdi. Men sal ortga qaytganimni ko‘rgach, qo‘lidagi pichoqni yana yaralangan sherigining qorniga tiqdi. Bu safar pichoq oxirigacha kirdi. Pichoqdan yaralangan yigit yanayam qattiq baqirib, yordam so‘radi va qocha boshladi. Pichoq ko‘targan yigit esa yana uni quvlamoqchi bo‘lib turganida, menga keyinchalik tanish bo‘lgan uning akasi kelib, pichoq ko‘tarib olgan ukasini to‘xtatdi. Shunda sherigini pichoqlagan yigit bu lahzani olti oydan beri kutib yurganini aytdi va voqea joyidan qocha boshladi. Men esa uning ortidan quvib, uni oyog‘iga chalib, yiqitdim. Qochmasligini, bo‘lar ish bo‘lganini, endi qilgan ishiga javob ham berishi kerakligini aytdim”, — degan prokuratura tergovidagi savollarga javob bergan guvoh.

    Tergov hujjatlarida yozilishicha, sportchini o‘ldirgan Shuhrat To‘raboyev dastlabki ko‘rsatmasida Kamoliddin Rasulovni o‘ldirishni niyat qilganini, shu maqsadda uni izlaganini, 2021-yilning 13-sentabr kuni ham soat 14:00 dan boshlab uning iziga tushib, soat 21:30 da topgach, o‘ldirganini bayon qilgan.

    “Qotillik kelinimizning ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi. Shu voqea sabab kelinimiz ancha paytgacha shok holatida yurdi. Bu esa jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanishi kerak edi. Qolaversa, bu qotil avval ham sudning qora kursisiga o‘tirgan. Xulosa chiqarmagan. Bu safar ham u qotillik qilganidan, begunoh insonni o‘ldirganidan afsuslanmayapti. Buni sud yakunida so‘nggi so‘zida ham aytmadi. Hatto gapirmadi ham. Demak, bu 15 yillik jazoni katta taxmin bilan yana 5-6 yil o‘tab chiqib keladi va yana qotilliklar qiladi”, — deydi Maftuna Rasulova.

    Foto: “Daryo”

    Kamoliddin Rasulov o‘limida aybli deb topilib, 15 yil muddatga qamalgan Shuhrat To‘raboyevning yaqinlari “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ayni damda tushkun holatdaligini, Shuhrat To‘raboyevning aybida ularning ishtiroki yo‘qligini, biroq buni tushunmagan marhumning yaqinlari ularni haqorat qilishdan to‘xtamayotganini aytmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, sambo bo‘yicha jahon chempioni 29 yoshli Kamoliddin Rasulov 2021-yilning 13-sentyabr kuni soat 21:30 da Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylar oldida boshqa bir sportchi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmatining rasmiy ma’lumotida chempion yigitning pichoqlanishiga uning gumonlanuvchi tanishiga «Humo Trop» vitaminini tavsiya qilgani, oqibatda esa gumonlanuvchining sog‘lig‘i yomonlashgani, shifokorlar bu kasallikning davosi yo‘qligini bildirgani xabar berilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi mazkur qotillik voqeasini 2022-yilning 8-fevral kunidan boshlab ko‘ra boshladi. Mazkur sudda so‘z olgan Shuhrat To‘raboyev marhum Kamoliddin Rasulov tavsiya qilgan vitaminni aytilgan miqdordan ko‘ra ko‘proq iste’mol qilgani sabab sog‘lig‘i yomonlashganini, kechalari issig‘i chiqib, uxlolmaydigan bo‘lib qolganini aytdi. Marhumning xotini Gulnoza Xolmurodova esa qotillik uning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lganini, qotillik sodir bo‘lgan paytda hammadan yordam so‘rab, chaqirganini ammo hech kim, hatto PPX xodimlari ham unga yordam bermaganini aytgandi. Sudda so‘z olgan yana bir guvoh A.Q. “Humo Trop” vitamini haqida gap ochib, tanishi Shuhrat To‘raboyevning sog‘lig‘i shu vitamin sabab yomonlashganini bildirdi. PPX xodimlari esa voqea joyiga yetib borganida Shuhrat To‘raboyev ulardan qochib, ko‘p qavatli uy podezdiga yashiringanini ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Chempion yigit Kamoliddin Rasulov o‘limida ayblanayotgan shaxs kurashchi Sherali Jo‘rayev bilan ham adovatda bo‘lgan
    • “Har kuni o‘lib-tirilgandan ko‘ra o‘sha kuni bir marta o‘lishga rozi edim” — pichoqlab o‘ldirilgan sportchi Kamoliddin Rasulovning bevasi

    19.03.2022, 13:31   Izoh (0)   49286
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra safari narxlari yana oshishi mumkinligini ma’lum qildi

    19.03.2022, 12:34

    Toshkentdagi Latviya—O‘zbekiston qo‘shma korxonasida yuzaga kelgan yong‘in salkam 7 soatdan keyin o‘chirildi

    19.03.2022, 12:15

    “Prezident muloqot davomida muammolarni bizga nisbatan yaxshiroq bilishi aniq ko‘rindi” — Behzod Musayev va Nurmat Otabekov davlat rahbarining tibbiyot xodimlari b...

    19.03.2022, 11:59

    Toshkentda Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi (video)

    19.03.2022, 11:41

    Namanganda “Zakovat” tanlovi g‘oliblari va’da qilingan sovg‘alar berilmagani uchun norozilik bildirdi (video)

    19.03.2022, 11:22

    Samarqandda IIB xodimlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan 16 nafar sportchi qamoqqa olindi

    19.03.2022, 11:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.