Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatining Norin tumanidagi Haqqulobod shahri markazida ulkan davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Norin tuman hokimligi axborot xizmati

Tuman hokimligiga tutash maydonda balandligi 40 metr bo‘lgan bayroq qad rostladi. Bayroqning o‘lchami 10 ga 5 metrni tashkil etadi.

Foto: Norin tuman hokimligi axborot xizmati

Qayd etish joizki, bu Norin tumanidagi ilk ulkan davlat bayrog‘i emas. Norin tumani ichki ishlar bo‘limida 2018-yil 18-noyabr kuni, ya’ni davlat bayrog‘i qabul qilingan sanada balandligi 35 metr bo‘lgan bayroq o‘rnatilgandi.

Norin tumani IIBdagi 35 metrli bayroq.

Norin tumani IIBdagi 35 metrli bayroq.
Foto: Norin tuman IIB

Ma’lumot uchun, viloyatdagi eng baland davlat bayrog‘i 2019-yilda Namangan shahrida joylashgan “Afsonalar vodiysi” bog‘ining 65 metr balandlikdagi “Megadron” attraksioni ustiga o‘rnatilgan. Bayroqning balandligi 11 metr. Ustun vazifasini bajaruvchi attraksion bilan qo‘shib hisoblaganda jami 76 metrni tashkil etadi.

“Afsonalar vodiysi” bog‘idagi 76 metrli bayroq.

“Afsonalar vodiysi” bog‘idagi 76 metrli bayroq.
Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar