Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliya hukumati rossiyalik milliarderlar Oleg Deripaska va Viktor Vekselbergga, shuningdek, Rossiyadagi 11 ta bank va davlat idoralariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Avstraliya tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Meduza xabar berdi.

Xususan, “Sberbank”, “Gazprombank”, “VEB”, “VTB”, “Rosselxozbank”, “Sovkombank”, “Novikombank”, “Alfa-Bank” va Moskva kredit banki Avstraliya sanksiyalari ostida qoldi.

Yangi Zelandiya esa yangi sanksiyalarning birinchi bosqichini e’lon qildi. Yangi Zelandiyaga borish va mamlakatdagi aktivlarini muzlatish to‘g‘risidagi qaror Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Xavfsizlik kengashining 12 a’zosiga ham tegishli. Cheklovlar, shuningdek, 300 dan ortiq siyosatchilar, harbiylar va targ‘ibotchilarga, 19 ta tashkilotga, jumladan, “Promsvyazbank”ga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Yaponiya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga 9 ta tashkilot va 15 nafar rossiyalikni kiritdi. Jumladan, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova va senator Sulaymon Kerimov Yaponiya sanksiyalariga tushdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?