Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillarning sotuv hajmi oylar kesimida ma’lum qilindi. Ushbu tahlil iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan e’lon qilindi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

So‘nggi uch oyda chet elda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar sotuvi keskin oshgan. Oxirgi 14 oy ichida eng yuqori ko‘rstakich dekabrda qayd etilgan — 2411. Dekabr oyida “inomarkalar” sotuvi noyabrga qaraganda qariyb ikki barobar oshgan.

Yanvar oyida yengil avtomobillar sotuvi 1506 tani tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar oshdi. Fevralda bu ko‘rsatkich 1801 dona bo‘lgan edi. 2021-yilning fevraliga nisbatan o‘sish 2,7 barobar bo‘ldi.

“Inomarka”lar sotuvining oshishi bilan birgalikda, mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar sotuvi ham so‘nggi uch oyda keskin ko‘paydi. Yanvar va fevral oylarining o‘zida bu ko‘rsatkich 2021-yilning shu davriga nisbatan 2,1 va 2,2 barobarga oshdi.

Foto: ‘‘Review.uz’’

Foto: ‘‘Review.uz’’

Buning natijasida chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotuvi foiz hisobida yanvar oyida kamaydi. 

2021-yil yanvar oyida umumiy yengil avtomobillar sotuv hajmining 6,7 foizi chet elda ishlab chiqarilgan avtmobillarga to‘g‘ri kelgan edi. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qildi. Fevral oyida esa foiz hisobida ham o‘sish qayd etildi — 5,6 foizdan 7 foizga.

Foiz hisobida eng yaxshi ko‘rsatkich o‘tgan yilning sentabrida bo‘lgan edi — 20,8 foiz.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra import avtomobillari uchun bojxona boji 2 barobarga qisqartirilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi