• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Gentra’dan Land Cruiser’gacha. Qashqadaryoda faoliyat yurituvchi hokimlar qaysi avtomobillardan foydalanadi?

    Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayevning 2021-yil xizmat avtomobilini yangilash, Captiva  xarid qilishga bo‘lgan urinishi jamoatchilik qiziqishini uyg‘otib, aksariyat kishilar mashina xarid qilishga sarflanayotgan 311 million so‘m pulni maqsadsiz sarflanayotgan mablag‘ degandi. Hatto tuman Kengashi deputatlaridan biri ham hokim uchun xizmat avtomobili sotib olishdan ko‘ra, shu mashinaga sarflanadigan pulni kam ta’minlanganlarga berish taklifini bildirgandi.

    “Daryo” muxbiri viloyatda faoliyat yurituvchi hokimlarning xizmat avtomobillari rusumi bilan qiziqib, hududdagi mavjud shahar va tuman hokimlari qaysi rusumdagi xizmat avtomobillaridan foydalanishiga aniqlik kiritdi.

    Murodjon Azimov.

    Murodjon Azimov.
    Foto: Qashqadaryo hokimligi axborot xizmati

    Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning ma’lumot berishicha, viloyat hokimi Murodjon Azimov sobiq hokimlar — Zafar Ro‘ziyev hamda Zoir Mirzayevlar foydalanib kelgan, davlat raqami 70 010 DAV bo‘lgan Toyota Land Cruiser’da yuradi. Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev ham sobiq hokim Jamshid Fozilov davrida xarid qilingan 70 019 DAV Malibu-2 xizmat avtomobilini minadi.

    Normo‘min Xolboyev.

    Normo‘min Xolboyev.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Viloyat biqinida joylashgan Qarshi tumani hokimi Behzod Yusupov ham viloyatning yagona ayol hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan Maqsuda Mustafoyeva foydalangan, davlat raqami 70 014 DAV bo‘lgan Captiva-2 avtomobilida yuradi.

    Behzod Yusupov.

    Behzod Yusupov.
    Foto: Qarshi tumani hokimligi

    Foto: “Daryo”

    Viloyatda, shuningdek, Mirishkor tumani hokimi Sherali Sanayev, Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayev, Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev, Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliyev, Chiroqchi tumani hokimi Xurram Jo‘rayev, Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodovlar ham Captiva rusumli xizmat avtomobillarini ma’qul ko‘rgan.

    O‘ng tomondan Lutfiddin Abdullayev, Sherali Sanayev va Muxtor Hayitmurodov.

    O‘ng tomondan Lutfiddin Abdullayev, Sherali Sanayev va Muxtor Hayitmurodov.
    Fotokollaj: “Daryo”

    O‘ng tomondan Xurram Jo‘rayev, To‘xtamurod Meyliyev, Asrol Boyqarayev.

    O‘ng tomondan Xurram Jo‘rayev, To‘xtamurod Meyliyev, Asrol Boyqarayev.
    Fotokollaj: “Daryo”

    Shahrisabz shahri hokimi Akrom Sulaymonov, Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov, Kitob tumani hokimi Alisher Zokirov, G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov, Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayevlar esa Gentra avtomobillaridan foydalanadi.

    O‘ng tomondan Bekzod Suyunov, Alisher Zokirov, Samad Hasanov.

    O‘ng tomondan Bekzod Suyunov, Alisher Zokirov, Samad Hasanov.
    Fotokollaj: “Daryo”

    O‘ng tomondan Akrom Sulaymonov, Botir Tog‘ayev.

    O‘ng tomondan Akrom Sulaymonov, Botir Tog‘ayev.
    Fotokollaj: “Daryo”

    Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov davlat raqami 70 024 DAV bo‘lgan Tracker’dan, Muborak tumani hokimi Akrom Aripov esa 70 013 DAV raqam belgili KIA Seltos’dan foydalanadi.

    Zoir Aliqulov.

    Zoir Aliqulov.
    Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

    Foto: Vikipediya

    Akrom Sulaymonov.

    Akrom Sulaymonov.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri hokimlarning xizmat avtomobillari rusumini aniqlashtirishdan tashqari, jamoatchilik, xususan, viloyatdagi jurnalist va blogerlarga yuzlanib, hokimlar uchun bahaybat xizmat avtomobillar qanchalik zarur degan savolga ham javob oldi.

    Nuriddin Egamov.

    Nuriddin Egamov.
    Foto: “Daryo”

    “Hokimlar uchun qanaqa mashina bo‘lishidan qat’i nazar yagona to‘xtamga kelish kerak. Bu borada yagona standartlar yaratilsa, turli munozaralarga o‘rin qolmasdi. Ya’ni barcha hokimlar bir xil rusumdagi xizmat avtomobilida yursin. Masalan, Matiz’mi — barchasi Matiz minsin, Nivami — Niva. Lekin eng asosiysi, qanaqa xizmat avtomobilida yursa ham haftada hech bo‘lmasa, bir marta jamoat transportiga chiqsin. Xalq foydalanayotgan transportga chiqib, xalqqa yanayam yaqinroq bo‘lsin”, — deydi jurnalist Nuriddin Egamov.

    Husan Komiljonov.

    Husan Komiljonov.
    Foto: Telegram

    Viloyatda faoliyat yurituvchi bloger Husan Komiljonov esa hokimlarga xizmat avtomobili ajratilishida hududning geografik joylashuvi hisobga olinishi kerak demoqda.

    “Hokimlarga xizmat avtomobili tanlashda shahar va tumanning geografik joylashuvini (tog‘li hudud, cho‘l hudud, shahar) hisobga olgan holda mashina ajratilishi kerak. Va hokim kamida haftada ikki kun jamoat transportida ishga borib kelishi shart. Mana shunda jamoat transporti, xalqqa yaqinlik, infratuzilmalarni yaxshilash borasida amaliy harakatlar paydo bo‘ladi”, — deydi bloger Husan Komiljonov.

    Kamoliddin Karimov.

    Kamoliddin Karimov.
    Foto: “Daryo”

    “Qashqadaryo” gazetasi bosh muharriri Kamoliddin Karimov esa “Insonning kiyib yurgan kiyimiga qarab baho berish, degan bemaza mantiq miyadan o‘chirib tashlanmas ekan, jamiyatda hashamat, soxta obro‘ ustun bo‘lib qolaveradi”, — deydi.

    Yana bir jurnalist “Huquq” gazetasining viloyatdagi muxbiri Norbo‘ta G‘oziyev esa hokimlar piyoda yurishining tarafdori ekanini aytmoqda.

    “Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir mamlakat prezidentini ko‘rdim. Ayol kishi ekan. Ishga soyabon ko‘tarib, piyoda kelyapti. Prezidentning oldida hokimlar kim bo‘libdi? Ilgari Samarqand viloyati ‘Obkomi’ning Qodirov degan birinchi sekretari bo‘lardi. Avtobus va trolleybuslarda yurib, haqiqiy ahvolni kuzatardi”, — deydi Norbo‘ta G‘oziyev.

    Otabek Ortiqov.

    Otabek Ortiqov.
    Foto: Telegram

    Bloger Otabek Ortiqov esa “Hokimlar Niva minishsin, tog‘li hududga ham, shaharga ham mos. Qolaversa, inomarka mashina”, — deydi.

    “Daryo” respublikada faoliyat yurituvchi hokimlarning xizmat avtomobillari rusumini o‘rganishda davom etadi.

    23.02.2022, 18:42   Izoh (0)   62722
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kam pulga haydovchilarni tayyorlovchi avtomaktablar korrupsiyaga yo‘l qo‘yadi” — yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis

    16.02.2022, 11:56

    “Ahmoqlar uchun test”: Germaniyada yo‘l harakati qoidabuzarlariga qarshi qanday kurashiladi?

    14.02.2022, 12:42

    Avtomobil old oynasi muzlab qolganida uni qanday tozalash mumkin?

    12.02.2022, 14:50

    “Eski korrupsion tizimni xohlab ko‘r-ko‘rona qilinadigan tanqidlarga xolislik bilan munosabat bildirsangiz xursand bo‘lar edik” — IIV o‘rinbosari

    03.02.2022, 18:23

    “Endi puli yoki tanish-bilishi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga o‘tiradi. Biz bundan boshqasiga rozi emasmiz” — IIV o‘rinbosari

    03.02.2022, 15:22

    Xitoy 2021-yilda ilk bor 2 mln donadan ortiq avtomobil eksport qildi

    02.02.2022, 19:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.