Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

AQShda fevral oyi yakunlariga ko‘ra, yillik inflyatsiya 7,9 foizga chiqdi va yanvar bilan taqqoslaganda 0,2 foizga tezlashdi. Bu 1982-yildan beri iste’molchilar narxlari indeksining eng yuqori ko‘rsatkichi. Bu haqda AQSh Mehnat vazirligi ma’lumot bergan.

Mamlakatda Ukraindagi harbiy nizo tufayli iste’mol tovarlari uchun narxlar yoqilg‘i qiymati va boshqa xomashyo narxlarining o‘sishi fonida ko‘tarilib bormoqda va iqtisodchilar mart oyi yakunlariga ko‘ra, inflyatsiya yanada kuchayishini prognoz qilgan. Masalan, Amerika avtomobil assotsiatsiyasi mamlakatda benzin narxi yoqilg‘ining bir galloni uchun 4,31 dollarga yetganini ma’lum qilgan. Bir oy avval benzinning galloni 3,47 dollar edi.

“Joriy oyda inflyatsiyaga katta sabab gaz va energiya tashuvchilarining narxi oshishi bilan bog‘liq, bozorlar Putinning tajovuzkor harakatlari tufayli keskin o‘zgargan”, — degan AQSh prezidenti Jo Bayden.

Reuters agentligining tahlilchilar ma’lumotiga tayanib yozishicha, AQSh federal zaxira tizimi kelasi haftada asosiy stavkani oshiradi va u yil oxirigacha kamida yana yetti marta o‘zgaradi.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi