UzCard “Mir” milliy to‘lov kartalari tizimi bilan xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatini vaqtincha to‘xtatdi. Kompaniya buni texnik ishlar bilan ifodaladi.
Bundan tashqari, UzCard “Mir” to‘lov tizimi kartalarini qabuli vaqtincha to‘xtatilganini ham ma’lum qildi. Bunga ham texnik ishlar sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Avvalroq Rossiyaning sanksiyaga uchragan banklari Visa va Mastercard kartalarini chiqarishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.