Rayan Reynoldsning navbatdagi blokbasterda rol o‘ynash o‘rniga ko‘chalarda patrullik qilayotganini, Pamela Anderson esa fotosessiyalar qolib, sport zalida mashq qilayotganini tasavvur qilish qiyin. Ammo bu ssenariylar quyidagi mashhur shaxslar kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lish baxti nasib qilmaganida, amalga oshishi mumkin edi.Jennifer Eniston mashinasiga gaz to‘ldirayotganida yirik telekompaniya prezidenti bilan uchrashib qolgan
Jennifer Eniston dunyoga mashhur aktrisa bo‘lishidan oldin muvaffaqiyatsiz loyihalarda turli rollar bilan qatnashib kelgan. Ammo hech ham mashhur bo‘lishdan umidini uzmadi. Bir kuni aktrisa Gollivudda Sunset bulvaridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida NBC Entertainment kompaniyasining o‘sha paytdagi prezidenti Uorren Litllfildga duch keladi. U mashinasiga gaz to‘ldirayotganida Eniston “Mening ham omadim kelarmikan?” deydi. Buni eshitgan Litllfild: “Koshki yordam bera olsam”, deb o‘ylaydi. Tez orada Jennifer “Do‘stlar” seriali uchun kinosinovga taklif qilinadi va o‘zining mashhur qahramoni Reychel Grin rolini o‘ynaydi.
Moda jurnali fotosuratchisi Xloe Sevini skeytbord uchib yurganida ko‘rib qolgan
17 yoshli Xloe Sevini Nyu-Yorkning Sharqiy qishlog‘ida do‘stlari bilan skeytbord uchib yurganida, musiqa va moda jurnali bo‘lgan i-D fotografiga duch keladi. Fotograf unga suratga tushishni taklif qiladi, Xloe ham bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaydi. Hozirda dunyoga mashhur model va aktrisa ushbu nashrni o‘z faoliyatidagi eng yaxshi tanlov deb hisoblaydi.
Bred Pitt to‘g‘ri kelgan ishlarni qilgan
Talabalik davrida Bred Pitt jurnalistika fakultetida tahsil olgan, ammo bitirishiga 2 hafta qolganida universitetni tashlab ketadi. Shundan so‘ng Pitt to‘lovlarni to‘lash uchun har qanday ishlarni ham bajarishga majbur bo‘ladi. U jo‘ja kiyimini kiyib, kafega mijoz chaqiruvchi bo‘lib ishlagan. Mashhurning so‘zlariga ko‘ra, bu ish unga kerakli odamlar bilan tanishish imkoniyatini beradi va aktyorlik san’ati pedagogi Roy London bilan tanishishiga sabab bo‘ladi. Bu odam esa unga o‘z iste’dodini kashf qilishga va kinodagi birinchi rollarini ijro etishiga yordam beradi.
Justin Biber YouTube’ga kaverlarini joylay boshlagach, prodyuser e’tiborga tushadi
Jastin Biber bolaligidan musiqa bilan shug‘ullangan: u baraban, pianino, gitara va truba chalgan. 12 yoshida u Kanadaning Stratford shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘shiq tanlovida qatnashib, ikkinchi o‘rinni egallaydi. Yosh musiqachining onasi spektaklga shaxsan kela olmagan oila a’zolari va do‘stlari uchun YouTube’da uning chiqishlari aks etgan videoni joylashtiradi. Keyin Jastin mashhur ritm va blyuz qo‘shiqlarining koverlarini ijro etgan yan bir nechta videolarni ham yuklaydi.Asta-sekin YouTube kanalining auditoriyasi o‘sib, videolar 60 000 martaga yaqin tomosha qilinadi. Biberni tinglaganlar orasida musiqa prodyuseri Skott Braun ham bor edi, u 13 yoshli qo‘shiqchini Atlantadagi studiyasiga o‘zining birinchi demosini yozishga taklif qildi.
Keyt Moss moda agenti bilan aeroport zalida tanishib qolgan
Yoshligida Keyt Moss 1990 va 2000-yillarning mashhur supermodellaridan biriga aylanishini tasavvur ham qila olmasdi. O‘zining tan olishicha, tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmagan: o‘sha paytda u tabassumi va kichik bo‘yidan uyalar edi.Moda agenti Sara Dukas unga ishonch bildirganida esa hamma narsa o‘zgardi. Moss Nyu-York aeroportida Dukasning akasi bilan to‘qnash keladi. 14 yoshli qizaloq parvoz vaqtini kutib o‘tirganida, agent unga yaqinlashib, “Hech model bo‘lishni o‘ylab ko‘rganmisan?” deb so‘raydi. Va 16 yoshida Keyt The Face jurnalining birinchi muqovasi uchun suratga tushadi.
Rayan Reynolds politsiyachi bo‘lishi mumkin edi
Rayan Reynolds politsiyachilar oilasida o‘sgan va bolaligida otasining ishini davom ettirishni orzu qilgan. Ikki akasining ham xizmatga qabul qilinishi Rayanning havasini yanada oshiradi. “Agar aktyorlikda omadim kelmaganida, ehtimol oilaviy an’anani davom ettirardim”, deb tan oladi u intervyusida. Muxlislari baxtiga, Reynolds Gollivudni tanladi, hozirgacha aktyor 100 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan.
Opra Uinfri go‘zallik tanlovida g‘olib chiqqanidan so‘ng radioda ishlay boshlagan
Opra Uinfri 17 yoshga to‘lganida, mahalliy Neshvill radiostansiyasi uni go‘zallik tanloviga taklif qiladi. G‘olibga “Miss yong‘in xavfsizligi” unvoni va’da qilinadi, tanlov ishtirokchilari orasida malla sochli, chiroyli qizlar ko‘p edi. Opraga g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘qdek tuyuldi. “Million dollaringiz bo‘lganda nimaga ishlatar edingiz?” degan savolga boshqa ishtirokchilar saxiylik qilishini aytib, ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilishganda, Uinfri ochiqchasiga javob beradi: “Agar mening million dollarim bo‘lganida, men pullarni sovurardim. Aniq nimaga sarflashimni bilmayman, lekin sarflayverardim, sarflayverardim”.Qizning samimiyligi va hazil tuyg‘usi hakamlar hay’atiga ma’qul keladi va toj unga beriladi. G‘alabadan tashqari, Opra o‘sha radiostansiyaga ishga taklif qilinadi va media olamidagi faoliyatini shu yerdan boshlaydi.
Bill Kosbi kafening ochilish marosimi bo‘ldi
Talabalik yillarida Bill Kosbi barmen bo‘lib ishlagan va Nyu-Yorkdagi kafening ochilish marosimida ishtirok etadi. Tomoshabinlarga uning hazil-mutoyibasi yoqadi, tez orada Bill butun AQSh bo‘ylab stend-uplarni namoyish qila boshlaydi. Komediyachi televideniye e’tiboriga tushadi va 1965-yilda Tonight Show dasturiga taklif qilinadi. Ekrandagi debyutidan ko‘p o‘tmay, unga Warner Brothers studiyasidan shartnoma taklif qilingach, bir nechta eng muvaffaqiyatli komediya loyihalarida ishtirok etadi.
Pamela Anderson futbol o‘yinida “kashf qilinadi”
Pamela Anderson Kanadadagi futbol o‘yinida “kashf qilinmaguncha” fitnes instruktori bo‘lib ishlagan. U o‘yinga savdo ligotipi tushirilgan futbolkada keladi va stadionning ulkan ekranida translyatsiya qilinadi. Kutilmagan reklama kompaniya vakillarini xursand qiladi va Andersonga shartnoma taklif qilishadi. Ko‘p o‘tmay, u jurnallar uchun suratga tusha boshlaydi, keyinchalik esa “Malibu qutqaruvchilari” filmidagi mashhur roliga tasdiqlanadi.
Eva Mendes shunchaki qo‘shnisiga yordam bergan
Eva Mendesning karyerasi qo‘shnisiga yordam berganidan so‘ng boshlangan. Qo‘shnisi undan o‘z portfoliosi uchun model bo‘lishni so‘raydi va uning bir nechta suratini oladi. Agent rasmlarni ko‘rgach, modelning go‘zalligidan hayratda qoladi va uning raqamini qidiradi. Mendes bilan bog‘lanib, darhol bir nechta kichik rollarga shartnoma imzolaydi, bu esa Mendes uchun tez orada katta ekranlarga chiqish uchun poydevor bo‘ladi.