O‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov “Persepolis”ga o‘tdi
O‘zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov Eron chempionatiga yo‘l oldi.
23 yoshli futbolchi Eronning “Persepolis” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Uning so‘nggi klubi “Paxtakor” bo‘ldi. “Sherlar” matbuot xizmatiga ko‘ra, u jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
Ma’lumot uchun, “Mash’al” safida katta futbolga kirib kelgan Temirov Superliga doirasida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Avvalroq Azizbek Amonov Eronning “Istiqlol” klubiga o‘tgandi.
“Persepolis” 45 ochko bilan Eron chempionati 20-turidan keyin peshqadam “Istiqlol”dan (48) keyin 2-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
