Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Italiya chempionatining 2—3 o‘yiniga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Football Italia’ning xabar berishicha, A Seriyaning 26-turidan o‘rin olgan “Verona”ga qarshi bahsda (2:2) o‘zini tutishi portugaliyalik mutaxassisning chetlatilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda uchrashuv bosh hakami Luka Payretto qo‘ng‘iroq ishorasini ko‘rsatgani uchun 59 yoshli murabbiyga qizil kartochka ko‘rsatdi. Undan tashqari Mourinyo hakamga qarata: “Ular seni atayin yuborgan, ‘Yuventus’ seni yollagan!”, — deb baqirgan. Bu esa uning zarariga ishlashi mumkin.

Qayd etish kerak, Mourinyo bungacha bir necha bor musobaqalardagi hakamlikdan noroziligini bildirgandi.

Rimliklarni oldinda “Spetsiya” (27-fevral), “Atalanta” (6-mart) va “Udineze”ga (13-mart) qarshi bahslar kutib turibdi. 2021/22-yilgi mavsumda “Roma” Italiya chempionatida 26 o‘yindan so‘ng 41 ochko bilan sakkizinchi o‘rindan joy olgan.

Mavzuga doir: Bolalikdan yetuklikkacha. 59 yoshni qarshi olgan Joze “Benazir” Mourinyoning hayoti suratlarda

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi