Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Sizning shahardagi hovlingiz” kottej majmuasi poytaxt markazida yashashni orzu qiladiganlar uchun barcha afzalliklarga ega maskan.

Haqiqiy hayrli tong qanday bo‘ladi? Bu katta oilaning farovon hayoti uchun hamma narsa o‘ylangan uyda uyg‘onish, panorama derazalariga ega bo‘lgan keng yorug‘ oshxonada nonushta qilish, yopiq kottej majmuasining sokin yashil ko‘chalari bo‘ylab sayr qilish, uyingiz ro‘parasidagi muhtasham savdo majmuasidan xaridlarni amalga oshirish hamda o‘z uyingiz hovlisida o‘ynayotgan baxtli bolalarni kuzatib zavqlanishdir.

“Sizning shahardagi hovlingiz” yopiq kottej majmuasi o‘zining bo‘lajak aholisiga ana shunday sokin hayotni taklif qilmoqda. Xaridorlar 135 dan 194 kvadrat metrgacha bo‘lgan hovliga ega uylardan birini xarid qilishi mumkin. Xonadonlar 5 yoki 6 xonali bo‘lib, hovlilarning bo‘sh maydoni 97 dan 107 kvadrat metrgacha o‘zgarib turadi. Siz hovlida avtomobil to‘xtash joyi, yozgi oshxona yoki tapchan tashkil qilishingiz mumkin.

Majmua Amir Temur xiyobonidan 5 daqiqalik masofada joylashganligi sabab, siz doimo kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lishga ulgurasiz hamda yo‘ldagi tirbandliklardan xalos bo‘lasiz. Yaqin atrofda bolalar bog‘chalari, maktablar, tibbiyot muassasalari va keng ko‘lamli Alfraganus savdo majmuasi joylashgan.

Ayni damda xaridorlar uchun loyihaning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarini amalga oshirish vaqtida qulay muddatli to‘lov tizimi taqdim etilmoqda. Loyihani foydalanishga topshirish 2022-yilga mo‘ljallangan.

Loyihadan joy sotib olish shartlari haqida batafsil ma’lumotlarni sotuv ofisi va +99871 210 44 44 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Sotuv ofisi manzili: Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi 30

Mo‘ljal: sobiq UzBum ko‘prigi, China Town restorani

Sotuv ofisi ish vaqti: 9:00 dan 19:00 gacha

Sayt: alfraganus.com

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda turizm: kecha va bugun
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani