Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Milliy universitetining Nodir qo‘lyozmalar muzeyida saqlanayotgan “bahosi million dollar” turuvchi bir qator kitoblar yo‘qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, natijalari haqida qo‘shimcha axborot berilishini bildirgandi.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbarining “Daryo” so‘roviga asosan ma’lum qilishicha, tekshirish davomida O‘zMU Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII—XIX asrlarga oid qiymati 2,6 milliard so‘mlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega 56 dona qo‘lyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon-toroj qilingani va boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

2022-yil 19-fevral kuni universitet mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, hususan Axborot resurs markazi direktori va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 207-moddasi 1-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari tergov harakatlari olib borish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborilgan.

O‘zMU rahbariyati yo‘qolgani asossiz ekanligini aytgan va ular tomonidan OAV vakillariga ko‘rsatilgan nodir kitoblar

O‘zMU rahbariyati yo‘qolgani asossiz ekanligini aytgan va ular tomonidan OAV vakillariga ko‘rsatilgan nodir kitoblar
Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obirahmatov

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-yilda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bu jarayonda universitetning qo‘lyozmalar saqlanuvchi tarix muzeyidagi nodir kitoblar vaqtincha boshqa joyga ko‘chirilgan (ma’lumotlarga ko‘ra, muzeyda 1465 nomdagi o‘zbek, fors, turkiy, arab va tojik tillarida arabcha imloda yozilgan qo‘lyozma kitoblar, xat va hujjatlar saqlangan).

“Kun.uz” 2021-yil 23-dekabr kuni 2019-yildagi ta’mirlash ishlaridan so‘ng O‘zbekiston Milliy universitetining nodir qo‘lyozmalar saqlanadigan muzeyi faoliyati tiklanmagani va u yerdagi qimmatbaho va o‘ta nodir hisoblangan 100 dan ortiq kitoblar sotib yuborilgan bo‘lishi mumkinligini xabar bergandi.

Ular orasida eng qimmatbaho hisoblangan quyidagi uch kitob ham borligi aytilgan:
  • Abu Muhammad ibn Abu Bakr Sobuniyning milodiy 1261-yilda fors tilida yozilgan “Kitob ul-kifoya fil-hidoya” nomli qo‘lyozma asari;
  • Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan yozilgan “Muqaddimai Zafarnoma” kitobining XV asrga oid dunyodagi ikkinchi nusxasi, qo‘lyozma;
  • Alisher Navoiyning to‘liq “Xamsa” dostoni va “Lison ut-tayr” asarlari ko‘chirilgan va tilla suvi yuritilgan XIX asrning birinchi yarmiga tegishli qo‘lyozmasi (muallifi noma’lum).

Sharafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan “Muqaddimai Zafarnoma” asari qo‘lyozmasi.

Sharafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan “Muqaddimai Zafarnoma” asari qo‘lyozmasi.
Foto: O‘zMU kutubxonasi (arxiv) / “Kun.uz”

Internetdagi shov-shuvlardan so‘ng, Milliy universitet ma’muriyati 24-dekabr kuni jurnalistlarga “yo‘qolgan yoki sotib yuborilgan” deb aytilayotgan nodir kitoblarni ko‘rsatgan. Ushbu universitet magistranti Muhammadbobur Yusupov jurnalistlarga ko‘rsatilgan qo‘lyozmalar aynan mojaroga sabab bo‘lgan asarlar emasligini ta’kidlagandi.

25-dekabr kuni universitet axborot xizmati tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan bayonot berdi. Unda, jumladan, shunday deyilgandi:

“Maqolada keltirilgan va ‘yo‘qolgan’ deb iddao qilingan ‘manbalar’ning borligi va o‘zi asl birinchi nusxa emas, balki qo‘lyozmaning ko‘chirma nusxalari bo‘lib, ayni vaqtda tadqiqotchilarning izlanish manbasi sifatida ochiq fondda saqlangan adabiyotlar ekanligi taklif etilgan mutaxassis ekspertlar tomonidan tasdiqlangani ma’lum qilindi.

O‘zMU ilmiy jamoasi va professor-o‘qituvchilari bunday isbotlanmagan, tasdiqlanmagan, ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari yakunlanmagan oraliq mavzularni trendga chiqarilishi universitetning keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat e’tiboridagi nufuziga putur yetkazishi mumkin deb qabul qiladi. Shu bilan birga universitetga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblaydi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi