Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyadagi AQSh elchisining o‘rinbosari Bartl Gorman mamlakatdan chiqarib yuborildi. Bu haqda elchixona “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.

Bartl Gorman

Bartl Gorman
Foto: “TASS”

Elchixona bu qaror sabablarini ochiqlamagan. Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar hodisani “eskalativ qadam” deb hisoblamoqda va diplomatning chiqarib yuborilishiga javob qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi.

Diplomatik missiya, shuningdek, Gorman AQShning Moskvadagi elchixonasidagi ikkinchi muhim amaldor va “elchixona yuqori rahbariyatining asosiy a’zosi” ekanini ta’kidlagan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtondagi Rossiya elchixonasining elchi-maslahatchisi AQShdan chiqarib yuborilishiga javoban Bartl Gormanni mamlakatdan chiqarib yuborgan.

AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi oylarda Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli yomonlashgan. Vashingtonning fikricha, Rossiya Federatsiyasi qo‘shni davlat hududiga bostirib kirishi mumkin; Moskva buni rad etmoqda va AQShni vaziyatni ataylab keskinlashtirganlikda ayblamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyadagi zilzila ortidan yana 6 ta davlatda yer qimirlashi yuz berdi (video)
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi