Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Mashhur turk aktrisasi Maryam Uzerli shaxsiy hayoti haqida gapirishni yoqtirmaydi, shuning uchun ham u haqidagi yangiliklarning ko‘pi mish-mish, xolos.

Foto: Turk Cinema

Aktrisa Maryam Uzerlining tarjimayi holi:

  • To‘liq ismi: Maryam Sahra Uzerli
  • Tug‘ilgan sanasi: 1983-yil 12-avgust (38 yosh)
  • Tug‘ilgan joyi: Kassel, Gessen, Germaniya
  • Farzandlari: Lara Jemine Uzerli, Lili Koi
  • Bo‘yi: 173 sm
  • Vazni: 60 kg
  • Burji: Arslon
  • Maryam Uzerli ishtirokidagi eng yaxshi film va seriallar: “Asalari uyasi” (2019), “Narigi tomon” (2017), “Onalik dardi (2015), “Tun malikasi” (2016), “Mafiya dunyoni boshqara olmaydi” (2016–2021), “Muhtasham yuz yil” (2011–2013).
Maryam Uzerli — nemismi yoki turk?

Bo‘lajak yulduz Maryam Uzerli ko‘p millatli katta oilada tug‘ilgan: uning onasi nemis va otasi turk millatiga mansub bo‘lib, ular ikki qiz va ikki o‘g‘ilning ota-onasi bo‘lgan. Maryam intervyularining birida xushmanzara bog‘li uyda kechgan bolaligi haqida gapirib beradi. Qizchaning bolaligi erkin va baxtli o‘tgan: ahil oila, quvnoq va mehribon ota-ona, uy hayvonlari ... Albatta, Maryam Uzerlining ota-onasi ham hamma kabi ba’zida janjallashardi, onasi hamisha avtoritar xarakterga ega edi. Maryamning eslashicha, bunday holatlarda otasi odatiy sharq erkaklariga o‘xshab yo‘l tutmasdi: u o‘z vaqtida qanday yon berishni bilardi, shu bois ham janjal avj olishiga ulgurmasdan tugardi.

Foto: Turk Cinema

Kamsuqumgina odamovi qiz

Bolaligidan Maryam tabiatan kamgapligi, hatto odamoviligi bilan ajralib turardi. Qiz uzoq vaqt yolg‘iz qolishi mumkin edi: unga o‘zi bilan o‘zi qolish yoqardi. Uning xarakteri kirishimlilikni talab qilsa-da, yosh Maryam aktrisalikni orzu qila boshladi. Bu borada ota-onasi uni qo‘llab-quvvatladi va maktabni tugatgach, qiz drama kurslariga qatnay boshladi. Oila Gamburgda yashagani uchun ham Maryam o‘zini turk emas, nemis deb hisoblagan, lekin uylarida doimo ikki tilda gaplashishgan. Qizig‘i shundaki, o‘shanda ham uning yorqin go‘zalligi hammaning e’tiborini tortar, garchi u barcha kastinglarda qunt bilan qatnashsa ham, lekin negadir nemis rejissorlari qizga ahamiyat berishmasdi. Teatrda Uzerliga qandaydir rollar berilardi, ba’zida omadi chopib, qisqa metrajli filmlarda suratga tushardi, lekin Maryam orzu qilgan narsa bu emas edi.

Germaniyada e’tibor berilmagan aktrisaning Turkiyada omadi chopdi

Aktrisa Maryam Uzerlining karyerasidagi tub burilish 28 yoshida, 2011-yilda sodir bo‘ldi. Turkiyada katta miqyosdagi loyihaga tayyorgarlik ketayotgandi: “Muhtasham yuz yil” filmini suratga olish ishlari boshlanish arafasida, lekin bosh qahramon hali ham yo‘q edi. Prodyuserlar umidlarini uzay deb qolgandi: ular butun Turkiyani ag‘dar-to‘ntar qilib ham hech qayerdan Roksolana roliga mos qiz topisholmadi! Yaxshiyamki, o‘sha paytda Maryam faqat Germaniyadagi kastinglar bilan cheklanmay, Turkiyada ham omadini sinab ko‘rgani kelgandi. Kinosinovda irodaliligi yuzidan ko‘rinib turgan go‘zal qizni ko‘rib, film ijodkorlari hayratda qoldi: mana, o‘sha Roksolana!

Foto: Turk Cinema

Maryam Uzerli ishtirokidagi “Muhtasham yuz yil” — davrni o‘zgartira olgan serial

Serialda inqilob qilgan Maryam Uzerli ishtirokidagi “Muhtasham yuz yil” davri shunday boshlandi. Va bu balandparvoz so‘zlar emasdi. Avvalo, “Muhtasham yuz yil” turk seriallariga katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, hozirda bu janrda haqiqiy rivojlanishni kuzatish mumkin. Ikkinchidan, ushbu keng ko‘lamli loyihada ishtirok etgan barcha aktyorlar superyulduzga aylanishdi.

Birinchi navbatda, bu, albatta, aktrisa Maryam Uzerliga tegishli. U o‘z qahramonining fe’l-atvori va his-tuyg‘ularini aniq yetkaza oldi — kuchli va mag‘rur Roksolana turk sultonining haramida bo‘lib, hukmdorning qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. Ayol sultonni va uning qo‘l ostidagilarini mohirlik bilan boshqardi, uning qo‘lida yuzlab iplar bo‘lib, kerakli vaqtda tortishni bilardi.

Serial ekranlarga chiqqandan so‘ng Maryam Uzerli hammaning sevimli aktrisasi va go‘zallik mezoniga aylanganidan ajablanmasa ham bo‘ladi. To‘g‘ri, turk musulmonlari qizni haddan tashqari erkin xatti-harakati uchun qoraladi. Ammo uning tomirlarida nemis qoni ham bor, shu bois bunday e’tirozlar o‘rinsiz edi.

Foto: Turk Cinema

Qanday qilib “Muhtasham yuz yil” Maryam Uzerlini asabiy tushkunlikka olib keldi?

“Muhtasham yuz yil” filmida rol o‘ynashga rozi bo‘lgan Maryam Uzerli qanday mashaqqatli mehnat girdobiga tushib qolishini o‘ylab ham ko‘rmagandi. Albatta, bu ish unga katta zavq bag‘ishladi, lekin suratga olish jarayoni shunchalik uzoq davom etdiki, shunchalik ko‘p vaqt va kuch sarflandiki, bir muncha vaqt o‘tgach, turk aktrisasi o‘zini suvi siqilgan limondek his qila boshladi. Keyinchalik Maryam bu haqda shunday deydi: tig‘iz kun tartibi va yuqori talablar uni hissiy charchoqqa va asabiy tushkunlikka olib keldi. Natijada u uyiga Germaniyaga qochib ketdi. Vatan sog‘inchiga chidab bo‘lmasdi. Uyida u qo‘llab-quvvatlash va yordamlardan so‘ng hayot zavqini yana his qilib, o‘zini tutib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” seriali sabab yulduzlik kasaliga chalindimi?

Turkiyada esa bosh qahramonning ketib qolishi g‘azab bo‘ronini keltirib chiqardi. Prodyuserlar hatto tahdid ham qilishdi: endi Maryam Uzerli ishsiz qoladi! Uni tushunishni istamay yulduzlik kasaliga chalinganlikda ayblashdi: aktrisa shunchaki holdan toygan edi. Biroq serial ijodkorlarining suratga olish ishlarini usiz yakunlashdan boshqa iloji qolmadi. Do‘q-po‘pisalarga qaramay, Maryamni serialga taklif qilish to‘xtamadi.

Aktrisa Maryam Uzerli haqidagi soxta sevgi qissasi

Maryam Uzerli hech qachon shaxsiy hayoti haqida gapirmagan. Biroq muxlislarida har doim u haqda gapirish uchun mavzu yetarlicha bo‘lgan. “Muhtasham yuz yil”da ikki aktyor — Uzerli va Halit Ergenchning iste’dodli ijrosi barchani ular o‘rtasidagi romantika haqida mish-mish tarqalishiga sabab bo‘ldi. Agar chindan ham sevmasa, ko‘zlar ehtirosdan bunchalik yonmaydi-ku! Ammo bu gap yolg‘on bo‘lib chiqdi. Halit Ergenchning so‘zlariga ko‘ra, har doim faqat xotinini sevgan va u hech qachon rafiqasiga xiyonat qilmagan.

Foto: Turk Cinema

O‘zan Guven — noz-karashmami yoki jiddiy munosabatlar?

Suratga olish jarayonida esa betakror go‘zalning qalbini boshqa bir odam — O‘zan Guven band qildi. Turk aktrisasi tan olganidek, u faqat shu aktyor bilan bo‘lgan sevgi sahnalaridagina mutlaqo erkinlikni his qilgan. Ularning munosabatlari suratga olish ishlari tugaganidan keyin ham davom etganmi? Bu haqda hech narsa ma’lum emas.

Jan Atesh — Maryam Uzerli qizining otasi

Foto: Turk Cinema

Keyin Maryamning hayotida Jan Atesh ismli tadbirkor paydo bo‘ldi. Bu ajoyib juftlik hamma joyda birgalikda ko‘rinish bera boshladi, yaqin orada to‘y bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq oralarida bo‘lib o‘tgan jiddiy janjaldan keyin sevishganlar ajralishdi. Aynan o‘sha paytda Maryam hamma narsani tashlab, vataniga, Germaniyaga ketdi. Bir necha oy o‘tgachgina uning homiladorligi ma’lum bo‘ldi. Aktrisa dunyoga kelgan qiziga Lara deb ism qo‘ydi. Bu yil qizcha 7 yoshga to‘ldi, u Germaniyada yashaydi. Uning otasi, Maryam Uzerlining sobiq eri Jan Atesh qizining oldiga kelib turadi, lekin aktrisa xohlaganidek ko‘p vaqt ajrata olmaydi.

Alp O‘zjan — birgalikdagi ta’til

Lara tug‘ilganidan beri Maryam uning yuragi band emasligini takrorlashdan hech qachon takrorlashdan charchamaydi. Ammo Uzerlining shaxsiy hayoti tafsilotlarini muxlislar va jurnalistlardan yashirish qiyin. 2016-yilda Maryamning Alp O‘zjan ismli turk tadbirkori bilan ishqiy munosabatlari haqida mish-mishlar tarqaldi. Ular kichkina Larani o‘zlari bilan olib, ta’tilni birgalikda o‘tkazish uchun Fransiyaga jo‘nab ketishdi, go‘yo ularning munosabatlari jiddiy edi. Biroq bu munosabatlar ham uzoqqa bormadi.

Foto: Turk Cinema

Cha‘glar Ertug‘rul Maryamni deb qaylig‘ini tashlab ketgan

Keyinchalik Maryam Uzerli turkiyalik aktyor Chag‘lar Ertug‘rul bilan uchrasha boshladi. Ular Xorvatiyada suratga olish paytida tanishib qolishgan, mish-mishlarga ko‘ra, yosh aktyor Maryamning jozibasiga shunchalik maftun bo‘lganki, hatto qaylig‘idan voz kechishgacha borgan. Ammo bu haqda ham ko‘p narsa ma’lum emas.

Ikkinchi qizi va Maryam Uzerlining amerikalik sevgilisi

2020-yil kuzda Maryam homiladorlikning to‘rtinchi oyida ekanligini e’lon qildi. Turk aktrisasi hanuzgacha shaxsiy hayotini ommadan yashiradi, ammo muxlislari uning sevgilisi — amerikalik biznesmen ekanidan xabar topishdi. U xizmat safarlari tufayli Berlinga tez-tez kelib turgan va aktrisa bilan shu yerda tanishgan. 2021-yil yanvar oyida juftlikning Lili Koi ismli qizi dunyoga keldi. Mish-mishlarga ko‘ra, juftlik allaqachon to‘y haqida kelishib olgan, faqat koronavirus cheklovlari tugashini kutishmoqda.

Foto: Turk Cinema

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi