Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lning qatnov qismini ajratib turuvchi bordyur ustida yosh yigitning ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, 31-yanvar kuni soat 10:00 atrofida voyaga yetmagan S.O. (2004-yilda tug‘ilgan) Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Xadra” mahallasi hududidagi yo‘lning qatnov qismidagi bordyur ustida ovqatlangani videotasvirga olingan. S.O. ushbu xatti-harakatlari bilan o‘zini va atrofdagi shaxslarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan.
Holat yuzasidan voyaga yetmagan bola bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Uning onasiga esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga doir: