“O‘zbekiston temir yo‘llari” 5-fevraldan boshlab Qo‘ng‘irot—Namangan—Andijon—Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qatnovni amalga oshiradi. Bu haqda Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli xabar qildi.
Qayd etilishicha, Qo‘ng‘irot—Andijon—Qo‘ng‘irot yo‘nalishida harakatlanayotgan 654/653-sonli yo‘lovchi poyezdlari Qo‘ng‘irot—Namangan—Andijon—Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qatnovi amalga oshirishni boshlaydi.
Poyezdlar harakat davomida Xo‘jayli, Nukus temiryo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tadi.