Toshkent xalqaro aeroportida 22-yanvar kuni erta tongda Umra—2022 mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgandi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Makka shahrida tashrif buyuruvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar aks etgan foto va videotasvirlarni ulashdi.

Makka shahridagi Hilton mehmonxonasida o‘zbekistonliklar uchun yaratilgan sharoitlar.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Avvalroq O‘zbekistonda Umra ziyorati qachondan boshlanishi va uning narxlari haqida ma’lumot berilgandi. Unda 2020-yil fevral oyiga qadar Umra ziyorati uchun oxirgi belgilangan to‘lovlarni amalga oshirganlar qo‘shimcha ravishda 4 770 000 so‘m mablag‘ to‘lashi ham keltirib o‘tilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qo‘shimcha to‘lov borasida turli mulohazalar bildirilganidan so‘ng, Musulmonlar idorasi holatga izoh berib, koronavirus pandemiyasi Umra xizmatlari ko‘rsatishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 nafar ziyoratchi, 50 o‘rindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirish kabi talablar o‘rnatilgan.

22-yanvar kuni erta tongda Umra—2022 mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Ziyoratchilarni kuzatish uchun taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida to‘plandi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni hukumati chet elliklar kichik haj — Umra ziyoratini amalga oshirish uchun 10-avgustdan qirollikka kirishi mumkinligini e’lon qilgan edi. Ziyoratchilar qirollikda tasdiqlangan Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca vaksinalaridan biri bilan emlangan bo‘lishi yoki manfiy javobli PZR-testni taqdim etishi kerak. Vaksina olmagan ziyoratchilar mamlakatga kelganidan keyin uch kunlik karantindan o‘tib, so‘ng koronavirusga nisbatan qaytadan PZR-test topshiradi.