Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda davlat rahbari o‘qitish metodikasi to‘liq qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, muallimlarga munosib sharoitlar yaratiladi, ularning bilim va malakasi, dars o‘tishiga talab ham tubdan kuchaytiriladi.
“Barcha darajadagi hokimlar bir narsani chuqur anglab yetishi kerak — bugundan ‘Hokimlarning maktabga e’tibor qilish besh yilligi’ boshlanadi”, — dedi prezident.
Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta’limini isloh qilish kengashlari tuziladi.
“Respublika kengashiga shaxsan o‘zim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh bo‘ladi.
Nima uchun kengashlar qilyapmiz? Chunki bu ishlarni, albatta, xalqimiz bilan, keng jamoatchilik bilan kengashib, ularning fikrlari asosida amalga oshiramiz. Har bir yangilikni o‘qituvchilar, mutaxassislar, ota-onalar bilan bamaslahat kiritamiz”, — dedi davlat rahbari.
Mavzuga doir:
- “O‘quvchilarga faqat o‘zi chala bilgan narsalarni o‘rgata oladi”. Prezident dars o‘tish mahorati past bo‘lgan pedagoglarni tanqid qildi
- “Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q” — Shavkat Mirziyoyev
- O‘zbekistonda 2021-yilda 84 ta maktabning birorta o‘quvchisi OTMga kirmagan
Izoh (0)