Surxondaryo viloyati Angor tumanida fuqaroga haydovchilik guvohnomasini o‘qishga qatnashmasdan olib bermoqchi bo‘lgan inspektor aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angor tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda “Vatanparvar” tashkiloti tumani o‘quv sport-texnika klubi kadrlar bo‘yicha inspektori S.M. fuqaro A.ga “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini 1 oy muddatda o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan, imtihonlarni ijobiy hal qilib olib berishni va’da qilgani aniqlangan. U buning evaziga 1,9 million so‘mni qo‘lga kiritgan, tekshiruv davomida ixtiyoriy ravishda qaytargan 1 million so‘mi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.