Dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Indoneziyalik hunarmandlar Xitoyda nishonlanadigan Yangi yil uchun tutatqi tayoqchalarini yasamoqda.

Foto: Getty Images

Andijon shahrining Navoiy shohko‘chasida eshak aravada yuk olib ketayotgan lo‘li ayollar.

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Emirates va Expo Dubai 2020 qo‘shma reklama kampaniyasi. Styuardessa sifatida kiyingan kaskadyor Nikol Smit-Ludvik dunyodagi eng baland bino – Burj Xalifa tepasida turib, shou reklamasini namoyish qilmoqda.

Foto: “TASS”

Pekindagi muzlagan Shichaxay ko‘lida qishki ta'tilni o‘tkazayotgan qizlar.

Foto: “TASS”

Keyptaun yaqinida syorfing bilan shug‘ullanayotgan syorfingchi.

Foto: EPA

Kapitoliy yaqinida ovoz berish huquqi to‘g‘risidagi qonunni qo‘llab-quvvatlagan namoyishdan so‘ng, namoyishchilar AQSh politsiyasi tomonidan hibsga olindi.

Foto: Getty Images

Seulda qor yog‘di.

Foto: EPA

Frankfurtda moda haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Getty Images

Sochi shahridagi Mzimta daryosi bo‘yida qor bilan qoplangan daraxtlar.

Foto: Getty Images

Nyu-Dehlida uysiz odam qishning sovuq oqshomida ochiq havoda uxlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Getty Images

Sovuq qorli kunda Kobuldagi bozor hududida matrasda uxlayotgan bolalari yonida sadaqa so‘rayotgan ayol.

Foto: AFP

Moskva yaqinidagi Ivanovskoye tumanidagi pravoslavlarning Epifaniya bayramini nishonlash paytida sovuq suvda cho‘milayotgan erkak.

Foto: Reuters

Boris Jonson Dauning-stritdagi 10-uyini tark etmoqda.

Foto: Rex

Kosta-Rikada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: EPA

Madagaskarda kuchli yomg‘ir tufayli 10 kishi halok bo‘ldi, 12 mingdan ortiq kishi boshpanasiz qoldi.

Foto: “TASS”

Shveysariya Alp tog‘larida to‘lin oy.

Foto: EPA

Indoneziyadagi ferma binosida yoritilgan sabzavot ekinlariga texnik xizmat ko‘rsatayotgan fermerlar.

Foto: Getty Images

Hindlarning Taypusam bayrami paytida diniy marosimlardan birini bajarish uchun chaqaloqning sochini olayotgan sartarosh.

Foto: Getty Images

Nyu-Dehlidagi Raisina tepaligida bo‘lajak “Beating Retreat” marosimi uchun tayyorlanayotgan tuyadagi askarlar.

Foto: AP Photo

Suriyaning Aleppo shahridagi Azaz qochqinlar lagerida dorga osilgan kiyimlar.

Foto: Getty Images