Daryo

Qishda Dubayga borish uchun 4 sabab

Bir olam emotsiya va yoqimli xotiralarni o‘zida mujassam etadigan fotolar bilan uyga qaytishingiz mumkin

3 daqiqa o‘qish81 762 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Harper’s Bazaar

Qishning sovuq va rangsiz kunlarida sayohat qilishni istaydigan, ammo karantin sabab qayerga borishni va qanchalik xavfsiz ekanligini bilmayotganlar uchun Dubaydan yaxshisi yo‘q. Aksari kishilar qishki ta’tilni o‘tkazish uchun maqbul deb bilgan va dam olish uchun jo‘nab ketgan ushbu shaharning sayyohlar uchun afzalliklari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Harper’s Bazaar

Xalqaro turizm uchun ochiq

Pandemiya sabab ta’til o‘tkazsa bo‘ladigan kurort shaharlarning hammasi ham ochiq emas. Qishin-yozin quyosh nuridan bahra olish mumkin bo‘lgan Dubay esa bundan mustasno. Dubayda oilaviy, do‘stlar bilan yoki yolg‘iz dam olishingiz, qumli sohilda quyoshda toblanish, gastronomik turizmdan bahra olish, binolar va qadamjolarni kezib ko‘z quvnashi hamda xohishga qarab turli darajadagi mehmonxonalarda dam olish mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Xavfsizlik

Amirlik tomonidan tashrif buyurganlarning xavfsizligi va salomatligi haqida qayg‘urib amalga oshirilgan chora tadbirlar sabab Dubay birinchilardan bo‘lib World Travel & Tourism Council tashkilotining xavfsizlik bo‘yicha Safe Travels Stamp sertifikatini qo‘lga kiritgan. Dubay xalqaro aeroportidagi turli hududlarga joylashtirilgan skanerlar orqali aeroport binosiga kirib kelayotgan sayyoh va mehmonlar, shuningdek, xodimlarning tana harorati o‘lchab turiladi. Qo‘shimcha himoya uchun ro‘yxatga olinadigan va pasport nazorat qilinadigan joylarda maxsus to‘siqlar o‘rnatilgan. Kelgan turistlarning barchasi o‘zi bilan birga 96 soatdan oshmagan vaqt ichida topshirilgan manfiy PZR-test natijasini olib kelishlari lozim.

Foto: Getty Images

Bu hali hammasi emas, ehtiyot choralarini yanada kuchaytirish uchun aeroportning o‘zida qo‘shimcha bepul PZR-test topshirish tashkil qilingan. Natijani sutka davomida maxsus dastur orqali bilish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, Amirlikka uchayotganlar uchun turistik sug‘urtaga hojat yo‘q. Chunki aviakompaniyaning o‘zi yo‘lovchilarni koronavirus bilan bog‘liq tibbiy va karantin xarajatlarini bepul qoplaydi.

Foto: Harper’s Bazaar

Ob-havo

Qishki sovuqdan charchab issiq ob-havoni sog‘inganlar uchun Dubay yaxshi variant. Havo haroratining qulayligi sabab dam oluvchilar plyajda hordiq chiqarishi mumkin. Kech bo‘lishi bilan haroratning yoqimli salqin ekani esa ochiq havoda atrofdagi manzarani kuzatib, kechki ovqat qilish imkonini beradi.

Foto: Getty Images

Diqqatga sazovor joylar

Dubayda diqqatga sazovor joylar ko‘p ekaniga qaramay, birinchi bo‘lib balandligi 828 metrni tashkil qiladigan dunyoga mashhur Burj Xalifa’ga borish tavsiya qilinadi. Xarid qilishni istaydigan bo‘lsangiz, Dubai Mall’ga borishingiz mumkin. Umumiy maydoni 200 futbol maydoniga teng bo‘lgan, 1 million kvadrat metrni tashkil qiladigan mazkur savdo markazida vaqt qanday o‘tib ketganini bilmay qolishingiz aniq.

Foto: Getty Images

Kechki vaqtni esa Downtown kvartalida joylashgan, dunyodagi eng baland “kuylovchi” favvora Dubai Fountain’ni tomosha qilish bilan o‘tkazishingiz mumkin. Har kuni soat kechki 6 da boshlanib yarim soat davom etadigan shouni tomosha qilib dilingiz yayraydi.

Foto: Getty Images

Sharqning o‘ziga xosligiga guvoh bo‘lish uchun esa Al Fahidi kvartaliga boring. Shuningdek, yo‘l-yo‘lakay Grand Souk Deira sharq bozori va qo‘shni ziravorlar bozori Spice Souk’ni aylanishni ham unutmang.

Foto: Getty Images
Qolaversa, ko‘plab sayyohlar qiziqish bildirayotgan La Mer plyaj kompleksiga ham tashrif buyurishingiz mumkin. Dubayda dunyoga mashhur ko‘ngil ochar bog‘larida vaqtingizni chog‘ o‘tkazishingiz, diqqatga sazovor joylarda madaniy hordiq chiqarishingiz, yuqori texnologiyalar asosida tashkil qilingan ko‘rgazmalarda ishtirok etishingiz va sahro-ekskursiyasida qatnashib bir olam emotsiya va yoqimli xotiralarni o‘zida mujassam etadigan fotolar bilan uyga qaytishingiz mumkin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar