Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 4-yanvar kuni o‘zi ishlab turgan korxonani o‘margan xodim qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Foto: Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 03:30 atrofida Nukus shahrida tug‘ilgan J.O. (1996-yil) o‘g‘rilik qilish maqsadida o‘zi ishlaydigan mebel ishlab chiqarish sexiga hech kim yo‘qligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Ofis sifatida foydalaniladigan xonadagi temir seyfni buzib, ichidagi 236 million so‘mdan 179 million so‘mini talon-toroj qilgan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida J.O. mebel sexiga kirish darvozasini qulflaydigan temir ilgichni ochib kirgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” (juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi