Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi 2022-yil yanvariga qadar Afg‘onistonda davom etayotgan gumanitar inqirozni hal etish uchun 1,5 milliard dollarga yaqin mablag‘ to‘pladi. Bu haqda BMT bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar qisman afg‘onlarni qishga tayyorlash, jumladan, naqd pul va nooziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri taqsimlashni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan. “Ushbu yordam mamlakatning turli qismlariga ko‘rsatilgan”, — deya ta’kidlaydi Dyujarrik.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat mamlakatning ko‘plab viloyatlariga qor yog‘gani sabab yanada yomonlashgan. Qalin qor sabab asosiy yo‘llar yopilib qolgan, shuning uchun kerakli yordamni yetkazib berish qiyinlashgan.

Ta’kidlanishicha, kommunal xizmatlar texnika va yoqilg‘i yetishmovchiligi sabab yo‘llarni tozalashga ulgurmayapti.

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, ko‘plab afg‘on sportchilari qo‘llab-quvvatlash va mablag‘ yetishmasligi sababli faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan. Afg‘oniston ayni paytda jiddiy gumanitar inqirozga yuz tutmoqda. Mamlakatda millionlab odamlar ochlik yoqasida, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur mahsulotlar yetishmovchiligi hukm surmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonning Afg‘onistonga yuborgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgani, Xitoy Afg‘onistonga 800 ming doza vaksina yetkazib bergani, Jahon banki Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash uchun 280 mln dollar mablag‘ ajratishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi