Quritilgan meva qo‘shib tayyorlanadigan ushbu shirinlik mehmonlar uchun ayni muddao.
Kerakli mahsulotlar:
- quritilgan o‘rik – 200 gramm;
- apelsin sharbati – 50 ml;
- apelsin – 1 dona;
- sabzi – 1 dona;
- un – 100 gramm;
- qabartma – 1 choy qoshiq;
- tuxum – 1 dona;
- shakar – 90 gramm;
- o‘simlik moyi – 2 osh qoshiq;
- vanil – 1/2 choy qoshiq;
- kakao kukuni – 1/2 osh qoshiq;
- zarchava – 1/2 choy qoshiq;
- tvorog – 400 gramm;
- smetana – 250 gramm;
- shakar upasi – 100 gramm.
- Quritilgan o‘riklar yuviladi, ustidan sharbat quyilib, 20-30 daqiqaga qoldiriladi.
- Pech 180 darajaga qizdiriladi.
- Apelsin qobig‘i va sabzi qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
- Un elakdan o‘tkazilib, qabartma va tuz bilan aralashtiriladi.
- Tuxum shakar bilan mikser qilinadi. Unga yog‘ va vanil qo‘shib, aralashtiriladi.
- Unning bir qismi tuxum bilan aralashtiriladi, 6-7 osh qoshiq xamir olinib, kakao bilan aralashtiriladi.
- Shokoladli xamir pergament qog‘ozi solingan qolipga solinadi va uzun tasma shaklida kesib chiqiladi.
- Xamir 1 daqiqa davomida pishiriladi. Qolgan xamirga sabzi, apelsin qobig‘i va zarchava qo‘shiladi.
- Apelsinli xamirni kakaoli tasmalar ustidan qolipga solib, 8-10 daqiqa davomida pechda pishiriladi.
- Tayyor bo‘lgan xamir qolipdan olinadi va teskari qismi o‘giriladi.
- Biskvit ustiga yangi pergament qog‘ozi qo‘yilib, rulet shaklida o‘raladi va sovitishga qo‘yiladi.
- Tvorog, smetana va shakar upasi blenderda silliq bo‘lguncha aralashtiriladi.
- Biskvit ochilib, yuzasiga krem surilib, bir chetiga quritilgan o‘riklar terib chiqiladi. Rulet qayta o‘ralib, 2-3 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
Mavzuga doir:
- Pechda pishirilmay tayyorlanadigan Sharlotta torti retsepti
- Yangi yil dasturxonini qovoqdan tayyorlanadigan qaymoqli keks bilan bezang
- Yangi yil bazmidan keyin salomatlik va qomatga qanday yordam berish mumkin?
- Yangi yil dasturxonidagi salat va boshqa yeguliklarni qancha vaqt saqlash mumkin?
- Yangi yil shukuhini o‘zida aks ettirgan ko‘zni quvnatuvchi shirinliklar (foto)