Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiyimning qomatga mosi tanlansa, istalgan obraz o‘ziga xos va qiziqarli bo‘lishi mumkin. Marie Claire nashri do‘mboq ayollarga qanday ustki kiyimlar yarashishi haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Charm kurtka

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Plus size qomat egalari uchun old qismi yoqali, keng turadigan kurtkalar ayni muddao hisoblanadi. Pastki qismi bo‘ksada tugamasa, bunday variantdagi ustki kiyim ixchamroq ko‘rinishga hissa qo‘shadi. O‘ziga xos yoqa va nosimmetrik zamok esa obrazni noodatiy ko‘rsatishi aniq.

Trench

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Trapetsiya bichimli trenchning midi uzunligidagisini tanlash tavsiya qilinadi. Belbog‘ini yoki ustidan kamar taqish orqali esa belga urg‘u berish mumkin bo‘ladi.

Palto

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Paltoni esa trench singari midi uzunligidagisini tanlash tavsiya qilinadi. Oversize variantdagisi bilan yopishib turadigan shim kiyish, zamonaviy va ixchamroq ko‘rinishga yordam beradi.

Ko‘ylak-palto

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Do‘mboq qiz va ayollar uchun ushbu mavsumda dolzarb bo‘lgan ko‘ylak bichimli palto ayni muddao. Djinsi shim, shapka va botinkalar bilan moslash mumkin bo‘lgani sabab bo‘ksa o‘rtasida turadigan uzunlikdagi modellarga e’tibor qaratish kerak.

Kurtka

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

To‘ladan kelgan ayol va qizlar sovuq mavsumda kurtkaning ortiqcha detallarsiz, to‘g‘ri bichimlisini kiyishi kerak.

Mo‘yna

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Trapetsiya yoki to‘g‘ri bichimli mo‘ynalar bo‘ksasi keng bo‘lgan nozik jins vakillari uchun ayni muddao. Uzunligi esa midi yoki tizzaning o‘rtasida bo‘lgani yaxshi.

Dublyonka

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Dublyonkalarni ust qismi ekocharmdan ishlagan, yoqali va mo‘ynasi bor variantlariga e’tibor qaratish kerak.

Bleyzer

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Bleyzerlarning esa kamarli va bel qismiga urg‘u berilgan modelini tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Keyp

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Qomatdagi kamchiliklarni yashirish uchun keypdan yaxshisi yo‘q. Ammo uning qomatni eng keng qismida tugamasligiga e’tibor berish kerak. To‘q rangli va katak printli modellarni tanlangan ma’qul.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi