Daryo

Qishki obraz o‘ziga xos ko‘rinishi uchun paltoni nima bilan kiyish kerak?

Rang borasida kayfiyat ko‘tarilishiga hissa qo‘shib, obrazning o‘ziga xos bo‘lishini ta’minlaydigan yorqin variantlarga e’tibor qaratish kerak

2 daqiqa o‘qish47 322 ko‘rishlar0 izoh0

Qishda sovuqdan saqlanish uchun qalin va qulay kiyinish muhim sanaladi. Kiyim-kechaklarni to‘g‘ri umumlashtirish orqali esa nafaqat issiq, balki o‘ziga xos obrazga ham ega bo‘lish mumkin.

Djinsi shim 

Foto: Cosmopolitan

Palto va djinsini bir-biri bilan oson moslash mumkin. Kundalik obraz uchun etagi keng shimlar ayni muddao. Bel qismi yuqori, umuman olganda, erkin turadigan shimlarni vodolozka va sviter bilan umumlashtirib, ustidan oversize palto kiyish tavsiya qilinadi. Rang borasida kayfiyat ko‘tarilishiga hissa qo‘shib, obrazning o‘ziga xos bo‘lishini ta’minlaydigan yorqin variantlarga e’tibor qaratish kerak.

Aksessuarlar

Foto: Cosmopolitan

Jun matosidan tikilgan palto bilan yumshoq charmdan tikilgan kiyim-kechaklarni umumlashtirishga harakat qiling. Noodatiy ko‘rinish uchun esa aksessuar ham o‘ziga xos bo‘lishi kerak. Ixcham bo‘lmagan chelsi va katta hajmli yumshoq matodan tikilgan sumka bilan obraz qiziqarli ko‘rinadi.

Och ranglar

Foto: Cosmopolitan

Sovuq tushishi bilan qora va to‘q rangda kiyinishni ma’qul biladiganlardan ajralib turishga harakat qiling. Och ranglar nafaqat obrazni yorqin ko‘rsatadi, balki kayfiyatingizga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Kalta yubka va shorti

Foto: Cosmopolitan

Palto bilan yubka va shortilar juda ham chiroyli ko‘rinadi. Ustki kiyimning uzunligi, yubkaning esa kaltaligi oyoqlarni uzun ko‘rsatadi, qolaversa, palto sovqotmaslikka hissa qo‘shadi. Tizzadan uzun va kengroq modellar qomatni ixcham, bo‘yni esa uzun ko‘rsatadi.

Klassik bichimli shimlar

Foto: Cosmopolitan

Strelkasi bor klassik bichimli shimlar bilan uzun va yelka qismiga urg‘u berilgan uzun palto ayollarning dilbar va latofatli ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Bunday obraz ishbilarmon va rasmiy idoralarda ishlaydiganlar uchun ayni muddao.

Sharf

Foto: Cosmopolitan

Palto bilan birga yumshoq sharfni bo‘yinga aylantirib o‘rash yoki shunchaki yelkaga tashlab olish mumkin. Asosiysi esa erkin turishiga e’tibor qaratish kerak. Bu sovqotishning oldini olishdan tashqari, qulaylikni ham ta’minlaydi.

Jemper

Foto: Cosmopolitan
Jemperni palto ichidan kiyishdan tashqari, yelkaga sharf singari tashlab olish ham mumkin. Bu obrazning noodatiy bo‘lishini ta’minlaydi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar