13:21, 22.11.2021 14084

Istalgan obrazga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan shapka modellari (foto)

Qishki qalin va qulay kiyimlardan iborat obraz o‘ziga xos bo‘lishi mumkin emas, deb o‘ylaganlar yanglishadi. Did va trendlardan kelib chiqib tanlov qilinsa, istalgan ko‘rinish ham ko‘ngildagidek bo‘lishi mumkin.

Toshli shapka

Foto: Marie Claire

Sal avvalroq toshli shapkalar trendda bo‘lgan, ammo hozir bu kabi bosh kiyimda yurish didsizlikdan dalolat beradi. Bundan tashqari, hamma kiyimga mos kelavermasligi sabab ham boshqa variantlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Buning o‘rniga bezaklari yo‘q, oddiy modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Old qismi qayrilmaydigan shapka

Foto: Marie Claire

Iloji boricha old qismi qayrilmaydigan shapkalarga e’tibor qaratmang. Gap shundaki, bunday variantdagi bosh kiyimlar hammaga ham yarashavermaydi, vaqt o‘tishi bilan cho‘zilib ketadi. Buning o‘rniga qalin panama va beretkalarni xarid qiling. Qayriladigan qismi bo‘lmagani bilan, bunday shapkalar ming marta chiroyli turadi.

Sport uslubidagi shapka

Foto: Marie Claire

Modaning o‘zgarishi bilan sport uslubidagi kiyimlar kundalik obraz uchun ayni muddao bo‘lib bormoqda. Ammo bunday aksessuarni hordiq chiqarish uchun boriladigan yerlargagina kiyish tavsiya qilinadi. Yaxshisi, uni boshqa modellarga almashtirish tavsiya qilinadi. Qalin va zamonaviy shapkalar bilan obrazingiz o‘ziga xos ko‘rinadi.

Yupqa trikotajdan tikilgan shapka

Foto: Marie Claire

Yupqa trikotaj matosidan tikilgan, va ayniqsa, uzun shapka o‘tgan o‘n yillikka xos trend hisoblanadi. Multfilmdagi gnomlarga o‘xshab qolishni istamasangiz, ushbu aksessuarni garderobdan olib tashlang. Uning o‘rniga o‘rtacha qalinlikda to‘qilgan shapkalarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Agar yupqa mato yoqadigan bo‘lsa, yaxshisi, ayni vaqtda urfda bo‘lgan ro‘mollar bilan obraz yarating.

Katta yozuvi bor shapkalar

Foto: Marie Claire

Katta yozuvi va logotipi bor bosh kiyimlari mazkur mavsumda dolzarb emasligi sabab ham ulardan voz kechish tavsiya qilinadi. Agar hech nimasiz shapkalar yoqmasa, printli panama va kepkalarga e’tibor qarating.

Popukli shapka

Foto: Marie Claire

Popukli shapkalar bilan bu mavsumda obraz yaratish tavsiya qilinmaydi. Buning o‘rniga boshqa modellarga e’tibor qarating. Moda ixlosmandlariga kvadrat shakldagi shapkalar yoki panamalar sotib olish maslahat beriladi.

Shakli sallani esga soluvchi shapka

Foto: Marie Claire

Shakli sallani esga soladigan shapkalar ushbu mavsumda dolzarb emas. Hatto turk seriallarining muxlisi bo‘lgan taqdiringizda ham, bunday variantlarni kichkina singil yoki jiyanlaringizga berib yuborish maslahat beriladi. Buning o‘rniga shlyapa yoki qalin matodan tikilgan o‘ziga xos bosh kiyimlariga e’tibor qaratgan yaxshi.

Neon rangli shapkalar

Foto: Marie Claire

Yoz faslida neon rangli aksessuarlar urfda bo‘ldi, ammo kuz-qish mavsumida ushbu trend birdaniga o‘zgardi. Hammaga yarashavermaydigan bu rangdagi shapka boshqa obrazlarga mos tushmasligi ham mumkin. Yaxshisi, palto va kurtka rangiga nomutanosib bosh kiyimi tanlang. Qora paltoga oq shapka yoki aksincha. Bu noodatiy, va shu bilan birga, o‘ziga xos ko‘rinishga yordam beradi.