Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatida ayolning ishqiy yozishmalarini eriga jo‘natmaslik uchun 20 million so‘m talab qilgan erkak ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Ma’lum bo‘lishicha, G‘ijduvon tumanida yashovchi 40 yoshli ayol R.Z. Toshkent viloyatida yashovchi T.Sh. bilan Instagram’da tanishib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Shundan so‘ng ular ishqiy munosabatdagi xabarlar yozishgan.

Shundan so‘ng T.Sh. xabarlarni turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlari hamda internet orqali tarqatib yuborish bilan R.Z.ni qo‘rqitib, undan 20 million so‘m talab qilgan.

Shu kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida ilgari sudlangan, Toshkent viloyatida yashovchi 36 yoshli T.Sh. R.Z.dan so‘ralgan 20 million so‘mni olgan vaqtida ushlandi.

Surishtiruv ishlari davomida T.Sh. R.Z.dan oldin ham tovlamachilik yo‘li bilan 70 million so‘m olganini va haqiqatan ham telefonda R.Z. bilan o‘zaro ishqiy munosabatdagi yozishmalari mavjudligini ma’lum qildi.

Tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?