Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining qoldirilgan 4-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 21-dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Barselona” Sevilyada mehmon bo‘ldi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Alexandro Gomes “Sevilya”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Ronald Arauxo burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, muvozanatni tikladi.

64-daqiqada maydon egalari Jyul Kundening qizil kartochkasidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Biroq qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Kataloniyaliklar ochkolari sonini 28 taga yetkazdi va yettinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Sevilya” esa 38 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

La Liga

4-tur bahslari

21-dekabr, seshanba

“Sevilya” — “Barselona” 1:1

Gollar: 1:0 – 32 Gomes, 1:1 – 45 Arauxo.

“Sevilya”: Bunu, Kunde, Fernando, Diyego Karlos, Rekik, Rakitich (Gudel, 70), Dileyni (Augustinsson, 86), Jordan, Gomes (Xuanlu Sanches, 86), Okampos (Fattore, 90), Rafa Mir (En-Nesiri, 70).

“Barselona”: ter Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya (Langle, 72), Alba, Buskets, de Yong (de Yong, 85), Gavi, Jujla (Niko Gonsales, 73), Ezzalzuli, Dembele.

Ogohlantirishlar: Buskets (11), Dileyni (35), Ezzalzuli (73), Gavi (77), Xuanlu Sanches (88).

Chetlatish: Kunde (64).

“Vilyarreal” — “Alaves” 5:2

Gollar: 1:0 – 18 Xerar Moreno, 2:0 – 27 Dia, 2:1 – 44 Pere Pons, 2:2 – 65 Xoselu, 3:2 – 76 Dia, 4:2 – 79 Pino, 5:2 – 88 Xerar Moreno.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...