Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AOKAda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev mamlakatda bo‘lib turgan afg‘on fuqarolari haqida ma’lumot berdi.

Foto: AOKA

Foto: AOKA

“Avvalambor, O‘zbekiston hududida yashab kelayotgan afg‘on fuqarolarini majburiy ravishda Afg‘onistonga qaytarish rejalarimiz yo‘q.

Termizda juda ko‘plab afg‘on qochqinlari bor, degan ma’lumot noto‘g‘ri. Bunday qochqinlar Termizda ommaviy tarzda yashab kelayotgani yo‘q. Fojiali 14–15-avgust kunlarida Amudaryodan qochib o‘tgan, taxminan, 150 nafar afg‘on qochqinlari Termizda bor edi. Bir qancha afg‘onlar Yevropa mamlakatlariga qochoq maqomini olgan holda jo‘nab ketdi.

Men ular bilan gaplashganimda aytishdiki ‘Ismatulla aka agar ‘Tolibon’ hukumati bizni o‘ldirmaydigan bo‘lsa, bizni qamamaydigan bo‘lsa, bizning qolishga moddiy imkoniyatimiz yo‘q, biz mamlakatimizga qaytib ketamiz’, deyishdi. Men o‘zim ‘Tolibon’ hukumati rahbarlari bilan gaplashdim, ular ‘Biz ularga tegmaymiz, agar ular xalqi uchun, vatani uchun xizmat qilishga tayyor bo‘lsa, biz ularni afv etamiz, deyishdi. Ular orasida harbiylar ham bor edi. Men o‘zim buni shaxsan nazoratimga oldim: ulardan birortasi o‘ldirilmadi, qamalmadi.

O‘zbekiston hududidagi turli shaharlarda yashab kelayotgan afg‘on fuqarolar haqida aytadigan bo‘lsak, ularning bir qismiga uchinchi davlatlarga qochoq maqomida ko‘chib o‘tishi uchun xalqaro institutlar yordam beradi, bu yerda qolib ishlash va yashash imkoniyatiga ega bo‘lganlar vizasi uzaytirilishiga yordam beriladi. Shu bilan birga, vizasi uzaytirilmaganlar majburiy ravishda mamlakatdan chiqarib yuborilmaydi”, — dedi Ismatulla Irgashev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi