Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AOKAda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga barham berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 11-dekabr kuniga qadar noqonuniy pirotexnika buyumlarining olib kirilishiga, mamlakat ichida saqlanishi, sotilishi va ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirgan tadbirlar davomida huquqbuzarlardan 753 ta holat bo‘yicha 2 177 503 032 so‘m qiymatidagi 5 947 689 dona pirotexnika vositalari olib qo‘yilgan.

54 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, ko‘rib chiqish uchun 375 ta materiallar sudlarga va 277 tasi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarga yuborilgan. 6 ta holatda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi