Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Muxolifatchi jurnalist, Nexta Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich ketayotgan Ryanair aviakompaniyaga tegishli samolyotning uchuvchisi havo kemasini Vilnyusga emas, balki Minskka qo‘ndirib, qo‘llanmani buzgan. Bu haqda Belarus Transport vazirligining aviatsiya bo‘yicha departamenti rahbari Artyom Sikorskiy “Belarus 1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: “Bild.de”

Foto: “Bild.de”

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan uchuvchi va Minsk aeroporti dispetcherining suhbati yozuvlariga izoh bergan Sikorskiyning ma’lum qilishicha, samolyot komandiriga “qizil” darajali favqulodda holat kodini berishgan. “Uchuvchi uchun ‘qizil’ kod nimani anglatadi? Bu u eng yaqin aerodromga qo‘nishi kerakligini bildiradi”, — deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtda eng yaqin aerodrom laynerdan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan Vilnyusdagi qo‘nish joyi bo‘lgan. “Ammo samolyot qo‘nish holatiga kirish uchun na pasayishni, na tezlikni kamaytirishni o‘ylagan”, — deya qo‘shimcha qiladi Sikorskiy.

Departament boshlig‘i Polshada ro‘yxatdan o‘tgan litvalik uchuvchi yo‘riqnomani buzgani haqida savolni o‘rtaga tashlagan. “U nima sababdan Minskka uchganini tushunishimiz uchun kabina ichidagi suhbatlar yoki uchuvchining vilnyuslik dispetcher bilan muzokaralarini beringlar”, — degan Sikorskiy.

U OAVda dispetcher Belarus maxsus xizmati (KGB) bilan maslahatlashgani aytilayotgan taxminlarni bema’ni deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, 23-may kuni Belarus hukumati Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga uchayotgan samolyotini bortda bomba bor degan xabar bilan shoshilinch ravishda Minskka qo‘nishga majbur qilgandi. Samolyot yo‘lovchilari orasida Roman Protasevich ham bor edi. Protasevich va uning sevgilisi — Rossiya fuqarosi Sofya Sapega aeroportda qo‘lga olingan.

Belarus hukumati Protasevichni 2020-yilda Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlarda ishtirok etgani uchun tartibsizliklar uyushtirish, jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzish va ijtimoiy adovat qo‘zg‘atishda ayblamoqda. Sapega Belarus xavfsizlik kuchlarining shaxsiy ma’lumotlari e’lon qilingan “Belarus qora kitobi” Telegram kanalini boshqarishda ayblangan.

Ryanair samolyotining majburan qo‘ndirilishi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi sohaga oid sanksiyalar joriy qildi va Belarusning “Belavia” aviakompaniyasi uchun havo hududini yopdi. Hibsga olinganidan keyin Protasevich Belarus davlat matbuotiga bir qator intervyular berib, ularda muxolifatni qoraladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat