• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘i Sergey Tixanovskiy 18 yilga qamaldi. U 2020-yilda saylovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan, biroq yakunda saylovda rafiqasi qatnashgan

    Belarusdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan va Belarus muxolifati yetakchisiga aylangan Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘i, bloger Sergey Tixanovskiyni sud 18 yillik kuchaytirilgan rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Bu haqda “Belta” agentligiga taynib, Meduza xabar berdi.

    Sergey Tixanovskiy

    Sergey Tixanovskiy
    Foto: AP Photo

    Tixanovskiy ustidan sud jarayoni Gomeldagi tergov izolyatorida yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. U bilan birga yana besh kishi sudlandi — Tixanovskiyning “Strana dlya jizni” (“Mamlakat hayot uchun”) YouTube kanali operatori Artyom Sakov, loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi moderatori Dmitriy Popov (har biri 16 yillik kuchaytirilgan rejimdagi koloniyaga hukm qilindi), MozgON YouTube kanali muallifi Vladimir Siganovich va “Belarus golovnogo mozga” telegram kanali muallifi Igor Losik (har biri 15 yillik kuchaytirilgan rejimdagi koloniyaga), shuningdek, belaruslik muxolifatchi siyosatchi Nikolay Statkevich (14 yillik kuchaytirilgan rejimdagi koloniyaga hukm qilindi).

    Bundan tashqari, sudlanuvchilardan 2,5 million Belarus rubli (994,8 ming dollar)dan ortiq moddiy zarar undirilgan.

    “Strana dlya jizni’ yozuvi ostida belaruslarga darg‘azab olomonning hokimiyatni qay tarzda egallashi haqida spektakl ko‘rsatishga urinilgan. Tergovda aniqlanganidek, buning uchun psixologik ta’sir o‘tkazish usullari, soxtalashtirish va faollarni pora bilan sotib olishga urinishlar bo‘lgan, ko‘cha urushiga tayyorgarlik ko‘rilgan” — deya ma’lum qildi Belarus Tergov qo‘mitasi sud hukmi o‘qilganidan keyin.

    Sergey Tixanovskiy 2019-yilda YouTube’da “Strana dlya jizni” blogini ochgan. Unda u Belarus hukumatini tanqid qilar, kichik shaharlar aholisi va muxolifat faollari bilan intervyularni joylashtirar edi. Blog ommalashib ketdi, 2020-yilda esa Tixanovskiy Belarusdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchiligini e’lon qildi. Ammo uning nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishiga ruxsat berilmadi. Blogerning o‘rniga rafiqasi Svetlana Tixanovskaya prezidentlikka nomzodini qo‘ydi. Sergey uning tashabbus guruhini boshqargan. 2020-yil may oyining oxirida imzo yig‘ish piketi chog‘ida Sergey Tixanovskiy hibsga olingan.

    2020-yil avgust oyida Tixanovskaya prezidentlik saylovlarida muxolifatdan yagona nomzod sifatida qatnashdi. Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tixanovskaya 80 foiz ovoz olgan Aleksandr Lukashenkodan keyin 10 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Tixanovskaya ushbu natijani tan olmadi. Saylovdan bir necha kun o‘tgach, u Belarus hukumati bosimi ostida Litvaga jo‘nab ketdi. Belarusda esa Lukashenkoga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi va bir necha oy davom etdi.

    Sergey Tixanovskiy ommaviy tartibsizliklar va jamoat tartibini qo‘pol rabovishda buzuvchi guruh harakatlarini tashkillashtirishda, “hokimiyat va huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga qarshi” ijtimoiy nafrat uyg‘otishda, shuningdek, o‘sha paytda MSK raisi bo‘lgan Lidiya Yermoshinaga tahdid qilishda ayblangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, saylovdan keyingi noroziliklarni qo‘zg‘atganlar — aynan Tixanovskiy hamda uning sheriklari deb ataluvchi shaxslar bo‘lgan.

    Ushbu norozilik namoyishlari davomida, 2020-yilning kuzida Lukashenko Tixanovskiy va boshqa siyosiy mahbuslar bilan uchrashib, ular bilan avval va’da qilingan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish masalasini muhokama qilish uchun tergov izolyatoriga borgan. Ertasi kuni yig‘ilish ishtirokchilaridan ikki nafari tergov izolyatoridan ozod etildi. Ular orasida Tixanovskiy yo‘q edi — unga to‘rt oy ichida birinchi marta xotini bilan telefonda gaplashishga ruxsat berildi. Tixanovskayaning telegram-kanalida suhbatdan parchalar e’lon qilingan, Sergey suhbatlarda Svetlanani “og‘irroq bo‘lishga” chaqirgan.

    Turmush o‘rtog‘iga hukm chiqarilishidan avval Tixanovskaya Sergeyga 15 yildan ortiq qamoq jazosi berilishi mumkinligini taxmin qilgandi.

    “Ammo masala raqamlarda emas. Bir, besh, o‘n bir, yigirma — bu raqamlar belaruslarning haqiqatda ozodlikdan mahrum yillari bo‘lmasligi zarur”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

    “Uning (Lukashenko) ushbu ‘jazo hukmi’ haqida shunday fikr bildirishim mumkin. O‘zimga birgina savol beraman: bu yangilikdan so‘ng nima qilaman? Men o‘zim sevgan va millionlab belaruslarning yetakchisiga aylangan odamni himoya qilishda davom etaman. U bilan yangi Belarusdagi uchrashuvimiz damlarini yaqinlashtirish uchun o‘ta mashaqqatli, ehtimol, imkonsiz ishni bajarishga harakat qilaman. Men unga tabriknomalar va bolalar chizgan rasmlarni yuborishda davom etaman, vaqt o‘tib uchrashganimizda ulardan esdalik albom yaratamiz”, — dedi Tixanovskaya.

    Mavzuga doir:

    • Viktor Babariko 2020-yilgi Belarus prezidenti saylovida Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi hisoblangan. Endi u 14 yillik koloniyaga hukm qilindi
    • Belarusda saylovlardan keyingi norozilik namoyishlari boshlanganiga bir yil to‘ldi. Lukashenko raqiblariga nima bo‘ldi?

    15.12.2021, 08:44   Izoh (0)   14903
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oq uy: Afg‘onistonning AQShdagi zaxiralarini blokdan chiqarish rejada yo‘q

    15.12.2021, 08:13

    Gaitida yonilg‘i ortilgan avtosisterna avariyaga uchrab, portladi. Oqibatda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)

    15.12.2021, 07:47

    Gurbanguli Berdimuhamedov Betaraflik kuni sharafiga ziyofat uyushtirdi va unda mehmonlarga yangi yozgan she’rini o‘qib berdi

    15.12.2021, 07:17

    Tojikistonda ilk bor kuch tuzilmalari uchun davlat budjetidan sarflanadigan xarajatlar miqdori oshkor qilindi

    15.12.2021, 06:46

    Janubiy afrikalik olimlar Pfizer vaksinasi “omikron” shtammiga qarshi samarasiz ekanini aniqladi

    14.12.2021, 20:18

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayev “Qumtor” ishi bo‘yicha yana Bishkekka keldi

    14.12.2021, 17:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.