Qurilish vaziri B. Zakirov Jahon banki loyiha menejeri R. Nitti boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.
Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad, O‘zbekistonda shaharsozlik va hududiy rejalashtirish amaliyotini modernizatsiya qilish bo‘yicha Qurilish vazirligiga konsalting xizmatlar ko‘rsatishda “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Qurilish vaziri mamlakatimizda olib borilayotgan shaharsozlik sohasida kichik va o‘rta shaharlar qurilishi, aholi uchun ajratilayotgan imtiyozlarning ijobiy tomonlari haqida ma’lumot berar ekan, bunda barcha infratuzilma sharoitlarini yaratishdan samarali foydalanish, transportlar tirbandligi, ekologik muammolarni inobatga olish muhim ahamiyat kasb etishiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
O‘z o‘rnida delegatsiya a’zolari vazir fikriga qo‘shilgan holda shaharsozlik sohasida mahalliy mutaxassislarga master klasslar o‘tilishi, “Shaharsozlik LITI” hamda Jahon banki mutaxassislari bilan hamkorlikda Chortoq, Yangiyo‘l va Qo‘qon shaharlari misolida bosh reja loyihasining ishlab chiqilishi, qurilishda texnik me’yorlash markazi bilan milliy normativlarni ishlab chiqish borasidagi hamkorlik xususida ham ta’kidladi.
Shuningdek, Qurilish vazirligi hamda Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini yanada mustahkamlash imkoniyatlari haqida muhokamalar olib borildi.
Rasmiy sahifalarimizga a’zo bo‘ling:
Reklama huquqi asosida.