Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Ba’zi ijodkorlar ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarining ham akkauntini ochib, video va suratlarini kuzatuvchilari bilan bo‘lishadi. Bolakaylar mashhurlik borasida ota-onalaridan ortda qolmayapti. Ularning ba’zilari esa sahifalariga reklama roliklarini joylab, pul ham ishlaydi.

Raqqosa Parizodaning to‘ng‘ich qizi — E’zoza Safarovaning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni 157 ming kishi

https://www.instagram.com/p/CWUs9eEo_3q/

Foto: Instagram / @ezoza_doll_official

Uning video va suratlari o‘rtacha hisobda 15-20 mingta layk to‘plasa, videolari 100 mingdan ortiq tomosha qilinadi. Ba’zan uning akkauntida bolalar internet do‘konlari va vitamin mahsulotlarining reklamalarini ham uchratish mumkin.

Foto: Instagram / @ezoza_doll_official

Parizodaning kenja qizi —  Sa’diya Safarovaning kuzatuvchilari soni 35 mingdan ortiq

https://www.instagram.com/p/CWD4EW3qSvT/

Parizodaning kenja qizi opasiga qaraganda sho‘x va o‘yinqaroq. Kuzatuvchilar ham Sa’diyaning sho‘x va kulgili videolarini yoqtirishadi. Uning akkauntiga ham bolalar kiyimlari internet do‘konlarining reklamasi joylanadi.

Muqaddas Sa’dullayevaning to‘ng‘ich qizi Sa’diya Mamajonovaning sahifasini 102 ming follover kuzatadi.

https://www.instagram.com/p/CRjQIQbJ01C/

Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayevaning to‘ng‘ich qizi Sa’diyaning Instagram sahifasi borligi hech kimni taajjubga solmaydi. Boisi, ota-onasi ham Instagram tarmog‘ida juda faol. 6 yoshli Sa’diya Mamajonovaning Instagram sahifasida bolalar kiyimlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet do‘konlari, tamaddixonalarning profil reklamalari joylashtirilgan.

Muqaddas va Yig‘italining o‘g‘li Abubakrsiddiq — 44 ming folloverga ega

Abubakrning sahifasiga bolakayning turli qiziqarli suratlari hamda u ishtirokidagi videolar joylab boriladi.

https://www.instagram.com/p/CR2K0lvF0nY/

Foto: Instagram / @abubakrsiddiq_my

Yigitali va Muqaddasning ikkinchi qizi Hadicha — 50 mingdan ortiq folloverlarga ega

https://www.instagram.com/p/CTsnH97NDqI/

Yulduzli juftlikning kenja qizlari Xadicha nomiga ochilgan akkaunt ham havas qilgudek. Uni 50 mingdan ortiq follover kuzatadi. Unga bolalar bo‘tqalar va tagliklari reklamalari ham joylab turiladi.

Foto: Instagram / @xadidzhamamadzhanova

Shahzoda Muhammedovaning qizi Milananing sahifasini 220 mingta kishi kuzatadi.

https://www.instagram.com/p/CVhe9cjt9HC/

Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning jajji qizalog‘i Milananing sahifasiga havas qilmaslikning iloji yo‘q. Qizaloq 1,5 yoshli bo‘lishiga qaramay dunyoning ko‘plab mamlakatlari, xususan, Italiya, Turkiya va Dubayga bir necha marta ota-onasi bilan sayohat qilgan. Milananing turli obrazlardagi foto va videolari kuzatuvchilar tomonidan iliq qarshi olinadi. Rasmlar 5-10 mingta layk to‘plasa, videolar 100 mingdan ortiq tomosha qilinadi.

Foto: Instagram / @milana_my_baby

Aktrisa Zarina Nizomiddinovaning kenja o‘g‘li Saidumar 73 mingta folloverga ega

https://www.instagram.com/p/CSeeqBvNaww/

Zarina Nizomiddinova o‘g‘li Saidumarga Instagram sahifasini ochganiga ko‘p bo‘lmadi. Bolakayning akkauntiga joylangan rasmlar o‘rtacha hisobda 3-5 mingdan ziyod layk to‘playdi. Videolari orasida 100 mingdan ortiq tomosha qilinganlari ham bor. Ammo birorta reklama posti joylashtirilmagan.

Foto: Instagram / @su_littleprince

Zarina Nizomiddinovaning to‘ng‘ich o‘g‘li Temurxon Sodiqov ham Instagramdan foydalanadi. Ammo uning kuzatuvchilari ukasidan ko‘p emas. Uning profilini 22 ming kishi kuzatadi.

Foto: Instagram / @temurkhansadikov

Aktrisa va bloger Xonzodaning qizi Safiya — 74 mingdan ortiq folloverga ega.

https://www.instagram.com/p/CTuzj0qtP61/

Instagram’dan doromad topishni yaxshi biladigan Xonzoda hali qizining akkauntiga reklama joylagani yo‘q. Kuzatuvchilar faol va qizaloqning har bir suratiga o‘z fikrlarini bildiradi.

Foto: Instagram / @_safiiyaa___

Nilufar Usmonovaning to‘ng‘ich qizi Sa’diyaxonning 23 ming folloveri bor

https://www.instagram.com/p/CO1zdt6pg9e/

Xonanda Nilufar Usmonovaning farzandlari ham o‘z Instagram sahifasiga ega. Qizlari Sa’diyaxon va Safiyaxonlarning muntazam kuzatuvchilari bor. Sahifaga joylangan foto va videolar kuzatuvchilar e’tiboridan chetda qolmaydi. Sa’diyaxonning 23 mingdan ortiq, Safiyaxonning esa 14 mingdan ziyod folloverlari bor.

https://www.instagram.com/p/CSx6bIzCXIg/

Xonanda Ziyodaning to‘ng‘ich o‘g‘li Kamron Solihovning ham Instagram akkaunti bor. Uni 7 mingdan ortiq follover kuzatadi.

https://www.instagram.com/p/CVW9-cmtR81/

Foto: Instagram / @kamron_solihov

Ziyodaning kenja o‘g‘li Imronning esa kuzatuvchilar soni hademay 3 ming nafar bo‘ladi.

https://www.instagram.com/p/CWagPn6K2NJ/

Malika Ravshanovaning qizi Soliha Hamidova — 9 ming folloverga ega

https://www.instagram.com/p/COR17CfJPUR/

Xonanda Malika Ravshanova kenja qizi Soliha Hamidova uchun ham akkaunt ochib bergan. Uning kuzatuvchilari soni 9 mingdan ziyod. Solihaning surat va videolari mingdan ziyod layk to‘playdi.

Foto: Instagram / @soliha_hamidova

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Foto: Boks afsonasi Mayk Tayson nogironlar aravachasida
Dunyo
Argentinada ish haqini oshirish talabi bilan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Mahalliy
“Avtomobillarga gazni belgilangan miqdordan ortiq quyish holatlariga bir necha bor guvoh bo‘ldik” —  senator