Butun qalbi bilan sevadigan odamlarga yordam berishdan ko‘ra yoqimliroq narsa bo‘lmasa kerak. Mashhurlarning ko‘pchiligi yulduzlik kasaliga chalinib, bor e’tiborni o‘z “men”iga qaratgan bo‘lsa-da, ularning orasida muxlislari taqdiriga befarq bo‘lmagan, ularga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor bo‘lgan taniqli shaxslar ham bor.
Rayan Reynolds
2020-yil noyabr oyida kanadalik aktyor tug‘ilgan kunidan oldin do‘st topishga ulgurmasligidan xavotirda bo‘lgan 9 yoshli muxlisini hayratda qoldirdi. Yangi shaharga endigina ko‘chib kelgan bolaning ota-onasi Facebook orqali g‘amxo‘r odamlardan tabriknomalar so‘rab, o‘g‘li uchun maxsus kun tashkil etishga qaror qildi. Yaxshiyamki, ta’sirchan iltimos Rayanning e’tiborini tortdi va u, bolaning tug‘ilgani kuni uchun tabrik videosini oldi: “Sizning hikoyangiz menga juda yaqin, chunki men ham bir marta yangi maktabga o‘tganman. Men o‘zimni yolg‘iz va ko‘rinmasdek his qilganimni eslayman. Ammo siz yolg‘iz emasligingizni yodda tutishingiz kerak ”, – deydi aktyor.
Jeyson Momoa
2020-yil noyabr oyida “Taxtlar o‘yini” yulduzi bir necha yillardan beri saraton kasalligi bilan kurashayotgan yosh muxlis bilan video aloqa orqali uchrashdi va hatto suhbatlashdi: “Men Instagram'dagi jamoaga, do‘stlarim va oilamga saraton kasalligiga chalingan va kimyoterapiyadan o‘tayotgan Denni bilan tanishtirgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchi edim. Men uning videosini internetda ko‘rdim va uni qo‘llab-quvvatlashni xohlayman”, – deydi aktyor. Shuningdek, Jeyson Momoa jamoatchilikni GoFundMe xayriya platformasi orqali Denniga yordam berishga chaqirgan va hatto Warner Bros. kompniyasidan Akvamenning nayzasini kasal muxlisiga yuborishni so‘ragan.
Offset
2020-yil noyabr oyida Migos guruhi a’zosi Atlantadagi uchta saylov uchastkasiga tashrif buyurib, prezidentlik saylovlarida ovoz berish navbatini bir necha soat kutganlarga oziq-ovqat tarqatdi. Shuningdek, Offset yordamga muhtoj amerikaliklarga yordam berish uchun The Linkoln Project va AXSD Media bilan hamkorlik qiladi.
Garri Stayls
O‘z muxlislariga yordam bergan yulduzlar, albatta, qanday ajablantirishni biladi. Xonanda 2020-yil oktabr oyida samimiy xabari bilan ayol muxlislaridan birini hayratda qoldirdi. “Ko‘changizda mashinam buzilib qoldi, otangiz bir piyola choy ichib, avtoservisni kutishimga ruxsat berdi. Siz bilan uchrashishga ulgurmaganimdan juda afsusdaman. Shuning uchun tez orada qayta uchrashishni intiqlik bilan kutaman. Odamlarga mehribon bo‘lishda davom eting. Hurmat bilan Garri”, deya imzo chekdi xonanda. Keyinchalik u ijtimoiy tarmoqlarda muxlisining oltin baliqlarni ovqatlantirgani aks etgan surati bo‘lishdi.
Kianu Rivz
Aktyor 2019-yil iyul oyida muxlislar bilan uchrashish va suratga tushish uchun mashinasini to‘xtatib, luizianalik oilani hayratda qoldirdi. “Biz uning ko‘chamizda suratga tushayotganini bilardik, shuning uchun o‘g‘lim bizning peshtaxtamizga maxsus “Sen ajoyibsan” yozuvini o‘rnatishni taklif qildi. Tasavvur qiling-a, u haqiqatan ham to‘xtadi!”, – deb yozadi Steysi Xant Twitter’da.
Kayli Jenner
2018-yil may oyida Kylie Cosmetics asoschisi o‘zining eng sodiq muxlisi Jonni Sayrusning tug‘ilgan kuniga o‘ziga xos sovg‘a berdi. Kayli Jenner mezbonlik qiladigan har bir tadbirga muntazam ravishda tashrif buyuradigan muxlisi hatto uning sharafiga tatuirovka ham qildirgan. U tug‘ilgan kuniga yosh tadbirkordan 2000 dollarni tashkil etgan Louis Vuitton Apollon monogrammasi tushirilgan ryukzak oldi.
Drake
Drake yurak transplantatsiyasi qilingan bemorning video so‘roviga javob bergan Sofiya Sanchesni bir umr eslab qolishi tabiiy. U hazillashib, ijtimoiy tarmoq orqali reperga murojaat qilib, Chikagodagi bolalar kasalxonasiga tashrif buyurishni iltimos qildi. 2018-yil avgust oyida xonanda Sofiyaning palatasiga kirishdan oldin “Siz kelishimni so‘ragan edingiz, endi men shu yerdaman”, – dedi. Bolalik orzularni ro‘yobga chiqarishda o‘z muxlislariga yordam bergan yulduzlar mana shunday bo‘ladi.
Teylor Svift
Svift o‘z tinglovchilarini shunchalik yaxshi ko‘radiki, u nafaqat ular uchun shirinliklar pishiradi, sovg‘alar yuboradi, balki ularning har biriga shaxsan yordam berishga harakat qiladi. Xonanda komaga tushib qolgan onasining tibbiy to‘lovlarini to‘lashga qiynalayotgan Sadi Bartell ismli muxlisiga yordam qo‘lini cho‘zishga muvaffaq bo‘ldi. Grammy mukofoti sovrindori GoFundMe platformasi orqali 15 500 dollar xayriya qildi. “Bugun Teylor mening oilam haqidagi hikoyani internetda o‘qib chiqdi va o‘zining mehribonligi tufayli bizga katta miqdorda pul xayriya qildi. U qorong‘i yo‘lak oxiridagi yorug‘lik va haqiqatan ham men bilan sodir bo‘lgan eng yaxshi hodisa”,- deb yozgan Bartell 2018-yil oktabr oyida o‘zining Facebook profilida.
Nikki Minaj
2017-yil may oyida xonanda 30 dan ortiq muxlislariga kollej uchun pul to‘lash va talabalar stipendiyalarini taqdim etish uchun yordam taklif qildi.
Zak Efron
“Eng zo‘r shoumen” filmidagi aktyor o‘z muxlisining suratga olish maydonchasida telefonini sindirib qo‘ydi. Aktyor muxlisini bo‘sh qo‘l bilan ketishiga ruxsat bermadi va unga yangi telefon olib berishga qaror qildi.
Izoh (0)