Britaniyadagi bolalar kiyimlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi onlayn do‘kon Instagram sahifasidan eng ko‘p daromad oluvchi eng yosh yulduzlar ro‘yxatini tuzdi. Aniqrog‘i, ota-onalar o‘z farzandining hisob raqamini boshqaradi, homiylik va yetakchi brendlar bilan hamkorlikdan millionlab dollar mablag‘ni qo‘lga kiritadi.

Everli Rouz Soutas LaBrant – 5 million obunachiga ega

View this post on Instagram

Waiting for you baby brother💕

A post shared by Everleigh Rose (@everleighrose) on

Ro‘yxatning yuqori pog‘onasida Los-Anjelesning yetti yoshli fuqarosi – ko‘k ko‘zli Everli Rouz Soutas LaBrant turadi. Uning shaxsiy sahifasida 5 milliondan ortiq obunachi bor, shuningdek, Everlining YouTube kanali ham bor.

Qizining akkauntini moda-bloger va suratkash onasi Savanna LaBrant yuritadi. Everli bitta reklama postidan 10 199 dan 16 867 dollargacha pul topadi. Shuningdek, uning sahifasidagi har bir xabar o‘rtacha 590 mingdan ortiq layk to‘playdi.

Everlining bir yoshli Pozi Reyn LaBrant ismli singlisi bor. U tez-tez opasining sahifasida ko‘rinish beradi, ammo Pozining o‘zi ham Instagram foydalanuvchisiga aylangan. U allaqachon 1,7 million obunachiga ega. Odatda Everli va Pozi bir xil libosda suratga tushadi. Bundan tashqari, Everlining sahifasiga uning raqs videolari joylana boshlandi. 2020-yilning avgust oyida ularning oilasida Ziland ismli o‘g‘il dunyoga keldi va u hozircha Instagram’da 518 ming obunachiga ega bo‘ldi.

Ell Layvli MakBrum – 5 million obunachiga ega

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini esa kanadalik aktrisa Ketrin Pays va amerikalik basketbolchi Ostin MakBrumning 4 yoshli qizi Ell Layvli MakBrum egalladi. Ellning sahifasi 5 million obunachiga ega va har bir post o‘rtacha 1 million layk to‘playdi hamda 10 000 dan 16 666 dollargacha daromad keltiradi.

LaBrant oilasining boshqa a’zolari ham Instagram sahifasiga ega. Ellning sahifasidagi bir yoshli singlisi Alayya ushbu ro‘yxatning 5-o‘rnini egallab turibdi, shuningdek, uch oylik ukasi Stilning allaqachon milliondan ortiq kuzatuvchisi bor.

View this post on Instagram

Hi guys!💗

A post shared by Elle Lively McBroom (@elle) on

Kichkintoy Ell singlisi va ukasi bilan suratga tushish hamda ota-onasiga tegishli bo‘lgan ichimlik brendini reklama qilishdan tashqari, xuddi Everli kabi o‘z raqslarining videosini joylashni boshladi. Ellning yaqinda pushti mo‘ynali kiyimda qora ko‘zoynak taqib, havorang Rolls-Royce’dan sakrab tushgani va ajoyib raqsi aks etgan videosi 3,5 milliondan ortiq kuzatuvchilar tomonidan tomosha qilingan.

Stofferlar oilasi – 3,5 million obunachiga ega

Arizona shtatidan kelgan besh yoshli Instagram yulduzlari — egizak opa-singillar Emma va Milaning onasi Keti Stofferda 3,5 million obunachi mavjud. Ketining ulardan tashqari uchta katta − Keytlin, Charlz va Finn ismli farzandlari bo‘lib, kichik qizi tug‘ilishidan bir necha yil oldin Instagram’dagi sahifasini yuritishni boshlagan, ammo u hozirgidek mashhurlikka erishmagan.

Biroq Emma va Mila tug‘ilishi bilanoq Ketining Instagram’i yashin tezligida “uchib ketdi”. Qizaloqlar nafaqat maftunkor qiyofasi, sertabassum yuzi, turli xil holati bilan, balki jiddiy mavzularni bir-biri bilan muhokama qilgan kulgili videolari sababli mashhurlikka erishdi.

Emma va Mila ishtirokidagi har bir post o‘rtacha 64 mingdan ortiq layk to‘playdi, agar xabarlarni reklama qilayotgan bo‘lsa, qizlar ota-onasiga 7081 dan 11 803 dollargacha daromad keltiradi. Yaqinda Stofferlar oilasi AQShning mashhur Walmart tarmog‘i bilan o‘z kiyim-kechaklar savdosini yo‘lga qo‘ydi.

Teytum va Oukli Fisher – 3 million obunachiga ega

https://www.instagram.com/p/CFxUYOugqOI/?utm_source=ig_embed

Los-Anjelesda tug‘ilgan to‘rt yoshli egizak opa-singillar Teytum va Ouklining ota-onasi YouTube yulduzi sanalgan Medison Bontempo va Kayler Fisherning izidan bordi. Qizaloqlarning Instagram sahifasini 3 milliondan ortiq odam kuzatadi va har bir joylashtirilgan xabar 187 mingdan ortiq layk to‘playdi. Shuningdek, reklama postlari 6 213 dan 10 356 dollargacha daromad keltiradi.

Teytum va Ouklining sahifasi farishtalardek tabassum qilgan qizaloqlarning turli brenddagi bolalar kiyimini kiyib tushgan suratlar bilan to‘la. Yana bir yoshli qizi bor Medison va Kayler oilaviy YouTube kanalini boshqaradi va bu ham ularga yaxshi daromad keltiradi.

https://www.instagram.com/p/CF4xD4JAWZK/?utm_source=ig_embed

2020-yilning avgust oyida Fisherlar oilasida o‘g‘il tug‘ildi. Oliver Rett Fisher ismli chaqaloqning Instagramdagi sahifasida allaqachon 14 ming kuzatuvchisi bor.

Alayya Mari MakBrum – 2,8 million obunachiga ega

Bir yoshli Alayya opasi Ell MakBrumdan ortda qolmaydi – uning sahifasida 2,8 million obunachi bor. Har bir post 722 ming layk to‘playdi va ular qizaloqqa 5 612 dan 9 353 dollargacha daromad keltiradi. Alayyaning sahifasi u tug‘ilganiga ikki hafta bo‘lganida ochilgan.

Ava va Lea Klements – 1,8 million obunachiga ega

View this post on Instagram

You know it’s funny... I read a lot of the comments from the girl’s American Girl Doll video yesterday and so many people felt it was “refreshing” that my girls were still just regular kids that liked to play with dolls. And I know what they mean, and I wish people could see that side of them more because that’s how they are! I know it must be hard for people to truly understand our family from just photos on Instagram, but the truth is, my girls have never stopped being kids. They are as “normal” as you can get. Modeling is something they enjoy but it doesn’t define them. It certainly does not rob them of their childhood. They started modeling three years ago because it was something they wanted to pursue and to this day that hasn’t changed. Just because they can take a beautiful picture with more of a serious face (like the one above) it doesn’t mean they are unhappy little girls! I’ve dealt with three years of strangers criticizing me as their mom for robbing them of their childhood, exploiting them for money or trying to live out my own dreams through them... and I never respond to anyone because I know the truth about them and about our family and it’s really not worth my time trying to convince people otherwise. If I told you my husband and I haven’t taken a single dime from their earnings these past 3 years, I’m sure no one would believe it anyway. The one thing I will say is that my husband and I’s first priority is to raise good kids with good morals and to always keep them grounded. That’s exactly why my girls get excited about making $1 from selling friendship bracelets with their friends or why they get EXCITED about going to Starbucks... it’s because it’s a treat for them and not something they take for granted. Look, we will always have haters... we’ll always have those people rooting against us... but just know, your words can’t break us. We know our truth... and we’re stronger then you think 😉 And to all those who have supported us along the way, we are grateful for you! ❤️ Happy Sunday! #ifyoudontknownowyouknow

A post shared by Ava + Leah (@clementstwins) on

Los-Anjelesda istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Ava va Lea dunyodagi eng chiroyli egizak opa-singillar deya e’tirof etiladi. Ularning ota-onasi Jek va Kevin yuritadigan sahifa 1,8 million obunachiga ega. Jek egizaklari 6 oylik bo‘lganida ularni model qilmoqchi edi, ammo bu ish o‘xshamadi.

Biroq Instagramda buning uddasidan chiqdi. Egizaklar yetti yoshga to‘lgan kunida u qizlar uchun Instagram’da sahifa yaratdi va ular juda tez muvaffaqiyatli modellarga aylandi. Hozirda qizaloqlar bilan dunyoning yetakchi brend va reklama kompaniyalari shartnoma tuzadi. Ular har bir reklama postidan 3 558 dan 5 929 dollargacha daromad oladi.