Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yil 24-noyabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e‘lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000–68 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000–80 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kilogramm) — 3000–7000 so‘m;
  • piyoz (1 kilogramm) — 1000–4000 so‘m;
  • sabzi (1 kilogramm) — 1000–5500 so‘m;
  • tuxum (10 dona) — 7000–15 000 so‘m;
  • guruch (1 kilogramm) — 5000–17 500 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14000–24 000 so‘m;
  • shakar (1 kilogramm) — 7800–10 500 so‘m.

Bunda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.