Daryo

O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 26 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan

O‘zbekiston 10 oy davomida qiymati 747,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,2 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan

1 daqiqa o‘qish27 830 ko‘rishlar0 izoh0

2021-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 747,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,2 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yilning 10 oyida O‘zbekiston tomonidan meva va sabzavotlar eng ko‘p eksport qilingan davlatlar qatoriga Qozog‘iston boshchilik qilmoqda — 538 ming tonna. Shuningdek, Rossiyaga 341 ming tonna eksport amalga oshirilgan bo‘lsa, Afg‘onistonga 26 ming tonna meva va sabzavotlar sotilgan.

O‘zbekiston 2021-yilning 10 oyida eng ko‘p meva va sabzavotlar eksport qilgan davlatlar:
  • Qozog‘iston – 538 ming tonna;
  • Rossiya – 341 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 112 ming tonna;
  • Xitoy – 65 ming tonna;
  • Ukraina – 28 ming tonna;
  • Afg‘oniston – 26 ming tonna;
  • Turkmaniston – 24 ming tonna;
  • Pokiston – 23 ming tonna;
  • Belarus – 13 ming tonna;
  • Turkiya – 11 ming tonna;
  • Eron – 7,5 ming tonna;
  • Ozarbayjon – 7 ming tonna;
  • Germaniya – 3,6 ming tonna;
  • BAA – 3,6 ming tonna.
Avvaroq O‘zbekiston Erondan kartoshka, meva va sabzavotlar importini keskin oshirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekistonga 17,6 million dollarlik 126,4 ming tonna Eron kartoshkasi olib kirilgan, bundan oldingi mavsumlarda esa mamlakatda Erondan kartoshka yetkazib berilmagan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar