Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Baxtiyor Jahongirovich Islomov O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 15-noyabr kuni qoldirgan xabarga ko‘ra, bu haqdagi tegishli farmoni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.

Baxtiyor Islomov.
Foto: “Gazeta.uz”

Islomov ushbu tayinlovga qadar prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rustam Inoyatov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Gazeta.uz”ning aniqlik kiritishicha, Rustam Inoyatov 2018-yil avgustidan buyon prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bungacha Inoyatov prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan, bu lavozimga esa 2018-yil yanvarida Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgach tayinlangan edi.

Rustam Inoyatovning yangi lavozimi haqida hozircha axborot yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Foto: Boks afsonasi Mayk Tayson nogironlar aravachasida
Dunyo
Argentinada ish haqini oshirish talabi bilan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Mahalliy
“Avtomobillarga gazni belgilangan miqdordan ortiq quyish holatlariga bir necha bor guvoh bo‘ldik” —  senator