Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Augsburg” va “Bavariya” o‘rtasidagi bahs 19-noyabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 23-daqiqasida Mads Petersen hisobni ochgan bo‘lsa, 35-daqiqada Andre Han “Augsburg”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 38-daqiqada Robert Levandovski hisobni qisqartirdi. O‘yin yakunigacha 2:1 hisobi saqlanib qoldi va “Bavariya” mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.

Uchrashuvdan so‘ng myunxenliklar 28 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi. “Augsburg” esa ochkolari sonini 12 taga yetkazdi va 15-o‘ringa ko‘tarildi.

Bundesliga

12-tur bahsi

19-noyabr, juma

“Augsburg” –“Bavariya” 2:1

Gollar: 1:0 – 23 Pedersen, 2:0 – 35 Han, 2:1 – 38 Levandovski.

“Augsburg”: Gikevich, Gumni, Gaueleu, Oksford, Yago, Pedersen (Grueso, 74), Kalijuri (Framberger, 58), Dorsh (Moravek, 74), Mayer, Han (Yensen, 82), Zekiri (Kordova, 82).

“Bavariya”: Noyer, Ernandes, Upamekano, Pavar (Nyanzu, 87), Richards (Devis, 52), Zabitser (Musiala, 52), Goretska, Gnabri, Myuller, Levandovski, Sane (Shupo-Moting, 69).

Ogohlantirishlar: Han (45), Ernandes (45), Framberger (79).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi