Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga rasmiy ishonchli manbalar ma’lum qildi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Erkin Turdimov.
Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Sessiya davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston rahbari viloyat kengashi deputatlariga Erkin Turdimov nomzodini taqdim etdi. Deputatlar Turdimovning nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Navoiy viloyatining sobiq hokimi Erkin Turdimov 2015-yilning yanvaridan beri viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Tojimurod Mamaraimovning o‘rnini egalladi. Mamaraimov o‘z navbatida viloyatning Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Turdimov Erkin Oqbo‘tayevichning tarjimai holi

Tug‘ilgan yili: 1969 yil, Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani.

Millati: O‘zbek

Ma’lumoti: Oliy, 1991-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati.

2006-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Oilali, uch nafar farzandi bor.

Mehnat faoliyati:

1991—1993 yy. — “O‘zsanoatqurilishbanki” Sirdaryo filiali qarz reja bo‘limi mutaxassisi, investitsiya qurilish va ta’minot tashkilotlarini moliyalashtirish va qarz berish bo‘limi bosh mutaxassisi, pul muomalasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;

1993—1995 yy. — “O‘zsanoatqurilishbanki” Zarafshon bo‘limi boshqaruvchisi;

1995—1996 yy. — Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari;

1996—2000 yy. — Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy bo‘limi boshqaruvchisi;

2000—2008 yy. — Xatirchi tumani hokimi;

2008—2008 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;

2008—2016 yy.— Navoiy viloyati hokimi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.